Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Toshkent viloyati hududiy filiali tomonidan mahorat darslari tashkil etildi
12-02-2026 | 3
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Toshkent viloyati hududiy filiali tomonidan mahorat darslari tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Oila va xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 103-sonli qaroriga muvofiq har yili “Ayollar daftari”ga kiritilgan va ehtiyojmand xotin-qizlarning 50 ming nafarini Toshkent viloyatidagi dam olish maskanlariga yuborib, ularga psixologik yordam koʻrsatish va tadbirkorlik koʻnikmalarini shakllantirish boʻyicha motivatsion seminarlar tashkil etish belgilangan.
Ushbu qaror doirasida joriy yilning 12-fevral kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Toshkent viloyati filiali tomonidan tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mahorat darslari o‘tkazildi.