Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari Janubiy Koreyada ikki diplomli dastur asosida tahsil olayotgan MBA IT Business mutaxassisligi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari Janubiy Koreyada ikki diplomli dastur asosida tahsil olayotgan MBA IT Business mutaxassisligi tinglovchilari bilan uchrashuv o‘tkazdilar #GSBE #GraduateSchool #Visit #DoubleDegree #Ajou

Samimiy va ochiq muloqot ruhida o‘tgan uchrashuv davomida tinglovchilarning o‘quv jarayonlari, fanlar mazmuni, darslarning amaliy yo‘naltirilganligi hamda professor-o‘qituvchilar bilan hamkorlik tajribasi yuzasidan fikr-mulohazalari tinglandi. Shuningdek, ularning Koreyadagi turmush tarziga moslashuvi, ta’lim va kundalik hayot muvozanati, xalqaro muhitda orttirayotgan tajribasi hamda kelgusidagi kasbiy va akademik maqsadlari haqida atroflicha suhbat olib borildi.

Tashrif doirasida Ajou universitetida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tinglovchilari uchun yaratilgan zamonaviy o‘quv infratuzilmasi, qulay ta’lim muhiti hamda ijtimoiy shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi. Xususan, auditoriyalar, o‘quv resurslari va talabalar uchun yaratilgan qo‘shimcha imkoniyatlar ko‘zdan kechirildi.

Muloqot jarayonida dastur mazmunini yanada takomillashtirish, amaliy komponentni kuchaytirish hamda tinglovchilarning akademik va kasbiy rivojlanishini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan takliflar bildirildi va ular alohida qayd etildi.

Ta’kidlash joizki, ertangi kunda mazkur ikki diplomli dastur bo‘yicha MBA IT Business mutaxassisligi tinglovchilarining bitiruv marosimi bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan. Ushbu marosim dastur ishtirokchilarining xalqaro ta’lim yo‘lidagi muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlaganini ifoda etadi.