11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi

11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi #GSBE #GraduateSchool #WomenInScience

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tashabbuslari bilan ayollarga bo‘lgan e‘tibor, ularning jamiyat hayotidagi o‘rni va ilm-fandagi yutuqlari tobora yuksalib bormoqda. Davlat va jamiyatda xotin-qizlarning faolligi oshib, ularning bilim va salohiyati taraqqiyotning muhim omiliga aylandi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi "Loyiha boshqaruvi" hamda "Moliya va buхgalteriya hisobi" kafedralarining tashabbusi bilan tinglovchilar uchun 11-fevral — Xalqaro ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

2025/2026 o‘quv yili qishki qabul magistratura imtixonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan xotin–qizlar uchun bugungi kuning ahamiyati, ayollarning ilm-fandagi o‘rni, hukumatimizning qo‘llab-quvvatlovi, xotin-qizlarning nafaqat ilm-fan, balki jamiyat taraqqiyoti, ijtimoiy barqarorlik va iqtisodiy islohotlardagi faol ishtiroki masalalari muhokama qilindi.