Janubiy Koreyaning yetakchi xalqaro biznes maktablaridan biri “SolBridge International School of Business”ga tashrif

Janubiy Koreyaning yetakchi xalqaro biznes maktablaridan biri “SolBridge International School of Business”ga tashrif #GSBE #GraduateSchool #Visit #SouthKorea #SolBridge

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi delegatsiyasi “SolBridge International School of Business” oliygohiga tashrif buyurdi. Janubiy Koreyada nufuzli xalqaro biznes maktabi sifatida tan olingan ushbu ta’lim muassasasida o‘quv jarayonlari, zamonaviy auditoriyalar, dars mashg‘ulotlari hamda kutubxona faoliyati bilan yaqindan tanishildi. Shuningdek, xalqaro reytinglarda e’tirof etilgan ta’lim modeli va amaliyotga yo‘naltirilgan o‘quv dasturlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berildi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekistondagi turli soha mutaxassislarining Janubiy Koreya tajribasini o‘rganishga qaratilgan qisqa muddatli o‘quv dasturlarini tashkil etish, shuningdek talabalar va professor-o‘qituvchilar almashinuvi, ikki diplomli magistratura dasturlarini yo‘lga qo‘yish, hamda Executive MBA kabi ilg‘or boshqaruv dasturlarini bosqichma-bosqich joriy etish masalalari yuzasidan muzokaralar olib bordilar.

Suhbat davomida joriy yilning aprel oyidan boshlab hamkorlikning dastlabki bosqichi doirasida malaka oshirishga yo‘naltirilgan qisqa muddatli o‘quv dasturlarini amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Mazkur kelishuvlar ikki mamlakat oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzoq muddatli akademik hamkorlikni rivojlantirish, xalqaro tajribani ta’lim jarayoniga tatbiq etish hamda boshqaruv kadrlarini tayyorlash sifatini oshirishga xizmat qilishi qayd etildi.