Yangiliklar
ORIENTATION DAY
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida 2025/2026 o‘quv yili qishki qabul magistratura tinglovchilari uchun navbatdagi tanishuv tadbiri bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir “Moliya” va “Raqamli iqtisodiyot” magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha kechki ta’lim shaklida o‘qishni boshlayotgan tinglovchilar uchun tashkil etildi.
Tadbirda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktori o‘rinbosari M. Adilov tinglovchilarni o‘qish jarayonining boshlanishi bilan tabriklab, ularga bilim olish yo‘lida yuksak natijalarga erishishni, ijodiy va amaliy faoliyatlarida muvaffaqiyat tiladi.
Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv jarayoni va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari yuzasidan tushunchalar berildi. Tinglovchilar Oliy maktabning ta’lim muhiti, akademik talablari va mavjud imkoniyatlari bilan tanishishdi.