9 fevral - buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavallud topgan kun!

9 fevral - buyuk mutafakkir va shoir Alisher Navoiy tavallud topgan kun! #GSBE #GraduateSchool #AlisherNavoi #UzbekLiterature #Poetry

Alisher Navoiy (1441–1501) o‘zbek adabiy tili va mumtoz o‘zbek adabiyotining asoschisi, jahon madaniyatida o‘chmas iz qoldirgan buyuk siymodir. U o‘zining “Xamsa” asari, g‘azallari va falsafiy merosi orqali ona tilimizning beqiyos imkoniyatlarini namoyon etgan.

Navoiyning asarlarida insonparvarlik, adolat, ma’naviy poklik va komil inson g‘oyalari ulug‘lanadi. Uning boy ilmiy-adabiy merosi asrlar davomida xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirib kelmoqda.

Alisher Navoiy - so‘z san’ati, donolik va ma’naviy boylikning abadiy timsoli.

Buyuk ajdodimiz xotirasi doimo qalbimizda!