Yangiliklar
2025/2026 o‘quv yili magistratura (MBA, MS) mutaxassisliklari bo‘yicha qishki qabul test sinovlarida muvaffaqiyatli ishtirok etgan nomzodlar diqqatiga!
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qabul komissiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Bilim va malakalarni baholash agentligi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlari natijalari hamda belgilangan qabul kvotalariga asosan magistratura bosqichining kechki ta’lim shakliga kirish imtihonlari natijalarini e’lon qiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-76-sonli Farmoni 7-(b) bandiga muvofiq 2025/2026 o‘quv yilidan boshlab oliy ta’lim tashkilotlarining muqobil ta’lim shakllari bo‘yicha umumiy qabul kvotasini kunduzgi ta’lim shakli qabul natijasining 50 foizidan oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Test sinovlaridan muvaffaqiyatli o'tgan ishtirokchilar ro'yxati (https://gsbe.uz/uz/admission-results)
To‘plangan ballar bo‘yicha batafsil ma'lumotlar e-tinglovchi.gsbe.uz platformasidagi shaxsiy kabinetingizda joylashtirildi.
+99871 239 03 15, 71 239 03 05