Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi MBA bitiruvchilari PhD qila oladimi?

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi MBA bitiruvchilari PhD qila oladimi? #GSBE #GraduateSchool #Master #Education #PhD

Ha albatta, MBA hamda MS (Master of Science) dasturlarini tamomlaganlarning barchasi PhD (Doctor of Philosophy) bosqichida tahsil olish huquqiga ega.

     Amaldagi me’yoriy hujjatlarga ko‘ra, PhD bosqichiga qabulda Magistratura yo‘nalishining MBA bo‘lishi huquqiy to‘siq hisoblanmaydi. 

     MBA dasturi asosan amaliy boshqaruv va biznes kompetensiyalariga qaratilgan bo‘lsa-da bitiruvchilar rasman PhDga topshirish huquqiga ega. Muhimi nomzodning ilmiy salohiyati, tadqiqotga tayyorgarligi, akademik faolligi hamda mutaxassisliklari mos kelishida.

     Bugungi kunda PhD tadqiqotlarida amaliyotga yo‘naltirilgan ilmiy ishlar, biznes, menejment, iqtisodiyot, ta’lim, raqamli transformatsiya, davlat boshqaruvi va innovatsiyalar kabi yo‘nalishlarga talab ortib borayotgani MBA bitiruvchilari uchun qo‘shimcha imkoniyatlar yaratmoqda.

    Oliy biznes maktabi MBA bitiruvchilari uchun PhDning afzalliklari qanday?

MBA bitiruvchilari PhD bosqichida quyidagi ustunliklarga ega bo‘lishi mumkin:

-real sektor tajribasiga asoslangan tadqiqot mavzularini tanlash imkoniyati;

-nazariya va amaliyotni uyg‘unlashtirgan ilmiy tadqiqotlar olib borish;

-menejment, strategiya va biznes boshqaruvi bo‘yicha dolzarb ilmiy muammolarni tahlil qilish;

-kelgusida professor-o‘qituvchi, ilmiy xodim yoki ekspert sifatida faoliyat yuritish imkoniyati.

    Amaliyotda Magistratura (MBA/MS) bitiruvchilaridan Tayanch doktorantura (PhD) yoki Mustaqil izlanuvchilik (PhD) uchun quyidagi hujjatlar talab etiladi:

-Qisqacha biografik maʼlumot;

-Oliy maʼlumot (mutaxasislik dasturlari bo‘yicha) to‘g‘risida diplom nusxasi;

-Nashr etilgan ilmiy ishlar nusxalari (kamida 1 ta maqola va 2 ta tezis);

-Ish joyidan tavsifnoma (Mustaqil izlanuvchilar uchun);

-Xorijiy til bo‘yicha milliy yoki unga mos darajadagi xalqaro sertifikat (Tayanch doktorantura uchun).

   Xulosa

MBA va MS bitiruvchilarining barchasi PhD qilish huquqiga ega

Tanlovda asosiy mezon ilmiy salohiyat, tadqiqot tajribasi, akademik faollik va ilmiy mavzuning mavjudligi.

    MBA bitiruvchilari murakkab muammolarni tizimli tahlil qilish, strategik yechimlar ishlab chiqish, amaliy tajribani nazariy asoslash qobiliyatiga ega bo‘lib, bu jihatlar PhD tadqiqotlari uchun muhim poydevor bo‘la oladi.

MBA bu nafaqat biznes va boshqaruv, balki ilmiy izlanishlar uchun ham mustahkam start bo‘ladi.