2025/2026 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qishki qabul jarayonlari davom etmoqda

2025/2026 o‘quv yili uchun magistratura mutaxassisliklariga qishki qabul jarayonlari davom etmoqda #GSBE #GraduateSchool #Admission #Qabul #Прием

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2025/2026 o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qishki qabul jarayonlari davom etayotganini ma'lum qiladi.

Qabul quyidagi magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha amalga oshirilmoqda:

  • MSc Loyiha boshqaruvi (Kunduzgi)
  • MBA Moliya (Kunduzgi va kechki)
  • MBA Raqamli iqtisodiyot (Kunduzgi va kechki)

 

Magistratura (MBA, MSc) mutaxassisliklariga kirish imtihonlari suxbat jarayonida eng ko‘p so‘raladigan savollar ro‘yxati hamda test sinovlari bosqichidagi kalit so‘zlari bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin.

Dars jarayonlari tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek va rus tillarida olib boriladi.Shuningdek, tinglovchilar o‘quv jarayonlarida xalqaro amaliyot, tajriba almashinuvi va stajirovkalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

Qo‘shimcha ma’lumot uchun: (71) 239 03 15, (55) 503 33 60

@gsbeuz @gsbeuz_bot