Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida bitiruvchilar uchun yana bir muhim lahza
Kuni kecha Oliy biznes maktabida MBA Global Management, MBA Moliya, MSc Loyiha boshqaruvi hamda MBA IT Business (ikki diplom) mutaxassisliklari bitiruvchilariga diplomlarni tantanali ravishda topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.
Diplomlar bitiruvchilarga Oliy biznes maktabi rahbariyati va tegishli kafedra mudirlari tomonidan topshirildi. Tadbir davomida bitiruvchilarning bilimga chanqoqligi, mas’uliyati va kasbiy salohiyati alohida e’tirof etildi.
Oliy biznes maktabi vakillari bitiruvchilarni muhim bosqichni muvaffaqiyatli yakunlagani bilan tabriklab, ularning kelgusida malakali mutaxassis va yetuk menejer sifatida faoliyat olib borishlariga ishonch bildirdilar hamda ularga yangi imkoniyatlar, yuksak marralar va katta muvaffaqiyatlar tiladilar.
Bitiruvchilarimizni yana bir bor tabriklaymiz va kelgusidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz!