Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Magistratura mutaxassisliklariga 2025/2026 o‘quv yili uchun qishki qabul e'lon qiladi

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Magistratura mutaxassisliklariga 2025/2026 o‘quv yili uchun qishki qabul e'lon qiladi #GSBE #GraduateSchool #Admission #MBA #MSc

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi zamonaviy mutaxassislarni tayyorlash maqsadida 2025/2026 o‘quv yili uchun magistratura bosqichiga qishki qabul jarayonlarini boshladi.

Qabul quyidagi magistrlik dasturlari bo‘yicha amalga oshiriladi:

☑️ MSc Loyiha boshqaruvi 

☑️ MBA Moliya 

☑️ MBA Raqamli iqtisodiyot 

Dars jarayonlari tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘zbek va rus tillaridagi guruhlarda olib boriladi. Tinglovchilarga innovatsion fikrlash, strategik boshqaruv, biznesni rivojlantirish, raqamli transformatsiya, moliyaviy tahlil kabi yo‘nalishlarda chuqur bilimlar beriladi.

Shuningdek, tinglovchilar mahalliy va xalqaro amaliyot, tajriba almashinuvi va stajirovkalarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

✅ Hujjat topshirish jarayoni onlayn shaklda e-tinglovchi platformasi orqali amalga oshiriladi. To‘liq ma’lumot, qabul talablari va hujjatlar ro‘yxati bilan ushbu havola orqali tanishishingiz mumkin: https://gsbe.uz/ru/general-info/postgraduate-programs-msmba

Qo‘shimcha ma’lumot uchun:

📞 (71) 239 03 15, (55) 503 33 60

📱 @gsbeuz @gsbeuz_bot