Yangiliklar
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Xitoy iqtisodiyotida Internet va elektron tijoratning ahamiyati” mavzusida xorijiy ekspert ishtirokida seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar dasturi Xitoyda elektron tijoratning shakllanishi, rivojlanish omillari va zamonaviy raqamli savdo mexanizmlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
Seminarda ishtirokchilar quyidagi yo‘nalishlarda bilim va amaliy tajriba olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar:
- Xitoyda elektron tijoratni rivojlantirish tajribasi va muvaffaqiyat omillari;
- elektron tijoratning so‘nggi tendensiyalari va sun’iy intellekt texnologiyalarining elektron savdoga integratsiyasi;
- ishlab chiqarish korxonalari uchun elektron tijorat orqali biznes yuritish usullari;
- raqamli eksportni kengaytirish va xalqaro bozorga chiqish imkoniyatlari.
Seminar Xitoy elektron tijorat sohasining yetakchi mutaxassisi, “Alibaba Group” kompaniyasida faoliyat yuritgan Ding Hui ishtirokida tashkil etiladi. Ma’ruzachi mintaqalararo elektron tijoratni rivojlantirish, korxonalarning raqamli eksportini kengaytirish bo‘yicha amaliy qo‘llanmalar muallifi hisoblanadi.
Tadbir ingliz va o‘zbek tillarida olib boriladi.
Sana: 2025-yil, 23-dekabr
Vaqti: 10:00
Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi
Telefon: +99871 239 23 07