Yangiliklar
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida ingliz tili va biznes muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirishga bag‘ishlangan seminar-trening bo‘lib o‘tdi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Ingliz tili va biznes muloqot ko‘nikmalarini rivojlantirish” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.
Seminar-treningning mehmoni ingliz tili bo‘yicha xalqaro ekspert, pedagog va tadqiqotchi, “Tashkiliy innovatsiyalar” yo‘nalishi bo‘yicha pedagogika fanlari doktori Juzeppe Kiaramonte bo‘ldi.
Tadbir interfaol formatda tashkil etilib, unda ishtirokchilarga ingliz tilida, ayniqsa, og‘zaki nutq ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan turli amaliy faoliyat turlari taqdim etildi. Shuningdek, ushbu ko‘nikmalarni biznes muloqot jarayonlarida samarali qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar berildi.
Mashg‘ulot davomida tinglovchilar faoliyat yuritayotgan sohalaridagi real keyslar asosida muhokamalarda ishtirok etib, amaliy topshiriqlar orqali kommunikativ kompetensiyalarini mustahkamlash imkoniga ega bo‘ldilar.
Tadbir yakunida ishtirokchilar bunday seminar-treninglarni kelgusida muntazam o‘tkazib borish muhimligini ta’kidladilar.