Yangiliklar
“Soliq stavkalari va yangi tashkil etilgan korxonalarga soliq rejimini tanlash hamda qo‘llash bo‘yicha takliflar” mavzusidagi seminar-trening
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!
Sizlarni “Soliq stavkalari va yangi tashkil etilgan korxonalarga soliq rejimini tanlash hamda qo‘llash bo‘yicha takliflar” mavzusidagi seminar-treningga taklif etamiz. Bizning mehmon ma’ruzachiiarimiz — Quvondiqov Baxtiyor Ibodullayevich, Boboyev Farhod Mansur oʻgʻli.
Seminar-treningda ishtirokchilar quyidagi imkoniyatlarga ega bo‘ladilar:
-Soliq stavkalari va amaliy tavsiyalar bilan tanishish;
-Yangi tashkil etilgan korxonalarda soliq rejimini tanlash va qo‘llash bo‘yicha ilg‘or yondashuvlarni o‘rganish;
-Moliyaviy va raqamli iqtisodiyot kontekstida soliq strategiyalarini tahlil qilish;
-Korxona moliyasini optimallashtirish va soliq yukini samarali boshqarish bo‘yicha tavsiyalar olish;
-Ekspert maslahatlari orqali amaliy tajriba orttirish.
Baxtiyor Quvondiqov (Tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash xizmat ko‘rsatish bo‘limi) va Farhod Boboyev (Yirik soliq to‘lovchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi) — Davlat soliq inspeksiyasi bosh inspektorlari. Yangi va yirik korxonalar uchun soliq rejimi, moliyaviy strategiya va raqamli iqtisodiyot bo‘yicha amaliy bilimlarga ega.
Sana: 12-dekabr, 2025-yil
Vaqt: 10:30
Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi. Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko‘chasi, 25-uy. (5-qavat, 4-auditoriya)
Telefon: +998 71 239 03 05