Yangiliklar
Germaniyaning "Senior Experten Service" GmbH (SES) tashkiloti volontyorlik dasturi doirasida maslahatchi-ekspert Uve Gordonning Samarqand viloyatiga tashrifi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Germaniyaning “Senior Experten Service” (SES) tashkiloti hamkorligida xalqaro ekspert, Robert Bosch GmbH kompaniyasining vitse-prezidenti Uve Gordon Samarqand viloyati Kasbiy ko‘nikmalar mintaqaviy markaziga tashrif buyurdi.
Ekspert Markaz faoliyati, o‘quv jarayonlari hamda zamonaviy texnik baza bilan tanishdi. Tashrif doirasida Uve Gordon “Tejamkor boshqaruv, konsalting va kouching” mavzusida mahorat darsi o‘tkazdi.
Ishtirokchilar tadbir davomida hujjat yuritish, muhandislik, jarayonlarni nazorat qilish, ishlab chiqarish oqimlarini boshqarish va umumiy ishlab chiqarish madaniyatini oshirish bilan bog‘liq o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.
Shuningdek, ekspertning Samarqandga tashrifi doirasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Samarqand viloyati hududiy filialida xodimlar va tinglovchilar uchun qo‘shimcha seminar va mahorat darslarini o‘tkazish ham rejalashtirilgan.
Tashrif yakunida Uve Gordon Samarqandning tarixiy va madaniy obidalarini ziyorat qilib, shaharning boy merosidan katta taassurot oldi.