Yangiliklar
“Fintech va Kiberxavfsizlik: O‘zbekistonda fintech rivojlanishi va kiberxavfsizlikning ahamiyati” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Fintech va kiberxavfsizlik: O‘zbekistonda fintech rivojlanishi va kiberxavfsizlikning ahamiyati” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Tadbirni WHITE HAT LLC ijrochi direktori, IT va kiberxavfsizlik bo‘yicha tajribali mutaxassis Avliyakulov Nodir olib bordi.
Seminar-trening barcha ishtirokchilarga fintech ekotizimi, to‘lov tizimlari xavfsizligi va kiberxavfsizlikning zamonaviy yondashuvlari bo‘yicha chuqurroq bilim olish, real tajribalar bilan tanishish va amaliy ko‘nikmalarni shakllantirish imkoniyatini berdi.