Yangiliklar
Tez kunda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura (MS/MBA) dasturlariga qishki qabul jarayonlarini boshlaydi!
Zamonaviy bilim va amaliy ko‘nikmalarni uyg‘unlashtirgan magistrlik dasturlarida tahsil olishni istaysizmi?
Tez kunda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura (MS/MBA) dasturlariga qishki qabul jarayonlarini boshlaydi!
Siz o‘zingiz uchun eng mos yo‘nalishni tanlay olishingiz uchun qabul jarayonlari o‘tkaziladigan mutaxassisliklar ro‘yxati bilan oldindan tanishib chiqishga taklif etamiz: https://gsbe.uz/uz/general-info/postgraduate-programs-msmba
Bu dasturlar:
- murakkab loyihalarni rejalashtirish, baholash va boshqarishning xalqaro standartlari, Agile va boshqa innovatsion metodologiyalar;
- raqamlashtirish jarayonlari, data-analitika, platforma iqtisodiyoti va yangi texnologiyalar ta’sirini tahlil qilish;
- korporativ moliya, investitsiyalarni boshqarish, xavflarni baholash va moliyaviy qarorlar qabul qilishning zamonaviy yondashuvlarni o‘rgatadi.
Qabul sanalarini kuzatib boring.