Yangiliklar
“O‘zbekistonda zamonaviy elektron tijoratning rivojlanayotgan yo‘nalishlari, marketpleyslarda ishlash, birja savdolari va davlat xaridlarida ishtirok etish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi
Hurmatli professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar va mehmonlar!
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “O‘zbekistonda zamonaviy elektron tijoratning rivojlanayotgan yo‘nalishlari, marketpleyslarda ishlash, birja savdolari va davlat xaridlarida ishtirok etish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kursi bo‘lib o‘tadi.
Kurs dasturi elektron tijorat sohasida samarali faoliyat yuritishning zamonaviy vositalari va amaliy jihatlarini o‘rganishga yo‘naltirilgan.
O‘quv kursida quyidagi yo‘nalishlariga e’tibor beriladi:
-elektron savdo platformalari ekotizimi va uning ishlash tamoyillari;
-raqamli platformalardagi jarayonlarni boshqarish;
-elektron tijoratda marketingning o‘rni va ahamiyati;
-tranzaksiyalar tuzilmasi va elektron to‘lov tizimlari;
-davlat elektron xarid tizimlari va ular bilan samarali ishlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar.
Dasturimiz mehmon maruzachisi Kamoljon Pazliyev. Elektron tijorat hamda Wildberries platformasi bo‘yicha katta tajribaga ega mutaxassis.
Sana: 2025-yil 9-12 dekabr
Vaqti: 10:00-16:00
Manzil: Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, (Toshkent shahri, Mirobod tumani, Mirobod ko ‘chasi, 25-uy)
Telefon: +998 71 239-23-07