Kurs bankirlarga ESG omillarini bank faoliyatiga — korporativ boşqaruv, risklarni boşqariş va strategiyaga — joriy etiş uçun zarur bilim va amaliy vositalarni beradi. Beş kun davomida iştirokçilar direktorlar kengaşi darajasidagi ESG boşqaruvi hamda kredit portfelidagi iqlim va ekologik risklarni hisobga oliş masalalarini körib çiqdilar. Şuningdek, barqaror moliyalaştiriş vositalari, qarz oluvçilarni ESG nuqtai nazaridan baholaş, xalqaro standartlar böyiça ESG hisobotlari va bankni ESG transformatsiyasiga yondaşuvlar muhokama qilindi.
Har bir kun amaliy keys asosidagi interaktiv sessiya bilan yakunlandi. Iştirokçilar kuzatuv kengaşi, kredit qömitasi va risklar böyiça qömita rolida qarz oluvçilarning ESG risklarini baholadilar, ESG omillarini hisobga olgan holda kredit qarorlarini qabul qildilar va direktorlar kengaşi uçun tavsiyalar tayyorladilar.
Kurs Buyuk Britaniyaning mustaqil «The CPD Certification Service» taşkiloti tomonidan akkreditatsiyadan ötkazilgan. Bu dastur mazmuni va sifatining uzluksiz kasbiy ta’lim böyiça xalqaro standartlarga mos kelişini tasdiqlaydi.



