AQSHning Rutgers universiteti bilan yangi ta’lim imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilmoqda

15-09-2026 | 25

AQSHning Rutgers universiteti bilan yangi ta’lim imkoniyatlari yo‘lga qo‘yilmoqda

#GSBE #GraduateSchool #Study #RutgersUniversity #USA

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktorining o‘rinbosari Bahrom Xolbayev boshchiligidagi delegatsiyaning AQShga navbatdagi tashrifi davomida Rutgers universiteti bilan qator yo‘nalishlarda hamkorlik qilish bo‘yicha kelishuvga erishildi.

Kelishuvlar rahbarlar uchun Executive MBA (EMBA) dasturini ishlab chiqish va joriy etish, qisqa muddatli o‘quv kurslarini tashkil etish, professor-o‘qituvchilar va talabalar almashinuvini rivojlantirish hamda boshqa qo‘shma akademik tashabbuslarni qamrab oladi. Ushbu hamkorlik tinglovchilar va professor-o‘qituvchilar uchun xalqaro tajriba almashish, zamonaviy boshqaruv yondashuvlarini o‘rganish va amaliy bilimlarni boyitish imkoniyatlarini kengaytirishga qaratilgan.

Erishilgan kelishuvlar o‘zaro anglashuv memorandumi bilan mustahkamlandi. Hujjatni Oliy biznes maktabi direktorining o‘rinbosari Bahrom Xolbayev, Rutgers universitetining akademik masalalar bo‘yicha ijrochi vitse-prezidenti Keena Arbuthnot, Rutgers Newark provosti va ijrochi vitse-kansleri Pamela Scott-Johnson, Rutgers Business School dekani Lei Lei hamda Rutgers New Brunswick kansleri Francine Conway imzoladi.

Tashrif AQShning O‘zbekistondagi Elchixonasi va American Councils tashkiloti ko‘magida amalga oshirilayotgan EMBA dasturini ishlab chiqish loyihasi doirasida tashkil etildi.