“Mahalla bankiri” tizimi va imtiyozli kreditlar bo‘yicha tushunchalar berildi

19-05-2026 | 43

“Mahalla bankiri” tizimi va imtiyozli kreditlar bo‘yicha tushunchalar berildi

#GSBE #GraduateSchool #Finance #Credit

Surxondaryo viloyati Sherobod tumanida “Tadbirkorlik va biznes asoslari” mavzusida tashkil etilgan qisqa muddatli o‘quv kurslari doirasida aholi uchun “Mahalla bankiri” tizimi va moliyaviy xizmatlar bo‘yicha keng qamrovli tushunchalar berildi.

Tadbir davomida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Surxondaryo viloyati hududiy filiali bosh mutaxassislari Sh. Xidirov hamda B. Muhammadjonov tomonidan ATB “Mikrokreditbank” tomonidan ko‘rsatilayotgan moliyaviy xizmatlar, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari hamda aholiga yaratilayotgan imkoniyatlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.

Tinglovchilarga “Mahalla bankiri” faoliyati va uning asosiy vazifalari, tadbirkorlikni rivojlantirishda bank tizimining o‘rni, shuningdek, bank tomonidan taklif etilayotgan kredit va omonat turlari haqida tushunchalar berildi. Bundan tashqari, imtiyozli moliyalashtirish imkoniyatlari va ulardan samarali foydalanish yo‘llari ham tushuntirib o‘tildi.

Seminar davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qilib, batafsil javob oldilar.

Mazkur o‘quv kurslari aholining moliyaviy savodxonligini oshirish, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish hamda yangi biznes tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.