“Biznesga kirish va yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar”

18-05-2026 | 157

“Biznesga kirish va yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar”

#GSBE #GraduateSchool #SmallBusiness #Entrepreneurship

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston boshqarmasi, Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston boshqarmasi, Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish AJ hududiy filiali vakillari hamda Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti hamkorligida o‘z tadbirkorlik faoliyatini boshlash istagida bo‘lgan iqtisodiy fakultet talabalari uchun o‘quv seminari tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Qoraqalpog‘iston Respublikasi hududiy filiali rahbari G. Rzayeva, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining Qoraqalpog‘iston boshqarmasi xususiylashtirish bo‘limining bosh mutaxassisi Z. Niyetova, Savdo-sanoat palatasi Qoraqalpog‘iston boshqarmasidan D. Jumamuratova, Elektron-onlayn auksionlarni tashkil etish AJ hududiy filiali vakili R. Yesimbetovlar tomonidan yosh tadbirkorlarga biznesni boshlash, davlat tomonidan yaratilayotgan moliyaviy imkoniyatlar, investitsion loyihalarni amalga oshirish, belgilangan platformalardan samarali foydalanilishi, yer uchastkalari va ijaraga berilishi mumkin bo‘lgan davlat mulklari haqida batafsil taqdimotlar qilindi.

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan yoshlar uchun zarur tavsiya va tushuntirishlar berilib, hududda biznes muhitini yanada yaxshilash yuzasidan fikr almashildi.

Tadbirning asosiy maqsadi — yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga keng jalb etish va ularning sonini ko‘paytirish, ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatishni rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish, ularning innovatsion g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlash hamda davlat tomonidan berilayotgan imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirishdan iborat bo‘ldi.