Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida startap va tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi

07-05-2026 | 101

Xorazm viloyatida yoshlar o‘rtasida startap va tadbirkorlikni rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar-trening bo‘lib o‘tdi

#GSBE #GraduateSchool #Startup #SmallBusiness #Entrepreneurship

Urganch Ma’mun universitetida startap loyihalar, tadbirkorlik tashabbuslari hamda hudud innovatsion ekotizimini rivojlantirishga bag‘ishlangan navbatdagi seminar-trening tashkil etildi. Tadbir “BIZNES HUB” markazida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Xorazm hududiy filiali, IT Park’ning hududiy filiali hamda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ Xorazm filiali hamkorligida o‘tkazildi.

Mazkur hamkorlikdagi tashabbuslar yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, tadbirkorlik muhitini rivojlantirish, shuningdek, talabalar va yosh tadbirkorlarning innovatsion g‘oyalarini shakllantirish hamda amalga oshirish uchun qulay sharoit yaratishga qaratilgan.

Seminarni ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor U. Matyakubov ochib berib, yoshlarning innovatsion g‘oyalari va startap tashabbuslari bugungi taraqqiyotning muhim harakatlantiruvchi kuchi ekanligini ta’kidladi.

Seminar davomida ishtirokchilar startap yaratish, uni rivojlantirish, resurslarni jalb qilish hamda loyihalarni bozorga olib chiqish jarayonlari bo‘yicha amaliy bilimlarga ega bo‘ldilar. Hamkor tashkilotlar vakillari muvaffaqiyatli tajribalar, yosh tadbirkorlar bilan ishlash amaliyoti hamda innovatsion biznes g‘oyalarni rivojlantirish bo‘yicha tavsiyalar bilan o‘rtoqlashdilar.

Hamkorlik doirasida tashabbuskor yoshlar va o‘z loyihalarini rivojlantirish, zamonaviy tadbirkorlik hamda raqamli ko‘nikmalarni egallash istagidagi talabalarni qo‘llab-quvvatlashga alohida e’tibor qaratildi.

Tashkilotchilar kelgusida hamkorlikni yanada kengaytirish va Xorazm viloyatidagi yosh tadbirkorlar uchun yangi imkoniyatlar yaratishni rejalashtirayotganini qayd etdilar. Bunday tashabbuslar hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda yoshlar salohiyatini oshirishga xizmat qilishi ta’kidlandi.

Seminar faol muloqot, kreativ yondashuv va yuqori motivatsiya muhitida o‘tib, ishtirokchilar uchun yangi g‘oyalar, professional tanishuvlar hamda startap va biznes loyihalarni amalga oshirish istiqbollari maydoniga aylandi.