Yangiliklar
Margʻilonda “Yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va biznesga ilk qadam” mavzusida seminar boʻlib oʻtdi
30-04-2026 | 17
Margʻilon qurilish va kommunal xoʻjaligi texnikumida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Fargʻona viloyati hududiy filiali tomonidan IT-park Fargʻona filiali, “Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish” AJ Fargʻona viloyati vakillari hamda Margʻilon shahar hokimining sun’iy intellekt boʻyicha maslahatchisi hamkorligida “Yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar va biznesga ilk qadam” mavzusida seminar tashkil etildi.
Tadbirda tadbirkorlik faoliyatini yoʻlga qoʻyishga qiziqish bildirgan 50 nafardan ortiq yoshlar va xotin-qizlar ishtirok etishdi.
Seminar davomida soha mutaxassislari tomonidan ishtirokchilarga mamlakatimizda tadbirkorlikni rivojlantirishga qaratilgan mavjud imkoniyatlar, yosh tadbirkorlarga berilayotgan imtiyozlar hamda ustuvor yoʻnalishlar yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.
Shuningdek, ishtirokchilarga startap loyihalarni shakllantirish va rivojlantirish, ularni moliyalashtirish manbalari, biznes-reja tuzish bosqichlari hamda innovatsion gʻoyalarni amaliyotga tatbiq etish jarayonlari haqida tushuntirishlar taqdim etildi. Sun’iy intellekt texnologiyalaridan foydalanish imkoniyatlariga ham alohida e’tibor qaratildi.
Mazkur seminar yoshlar va xotin-qizlarning tadbirkorlikka boʻlgan qiziqishini oshirish hamda ularni biznes faoliyatiga keng jalb etishda muhim ahamiyat kasb etdi.