Qarşi şahar Kasbiy könikmalar markazida «Özbekistonda elektron tijorat orqali kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari» mavzusida amaliy seminar bölib ötdi. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi, viloyat hokimligi hamda “Wildberries” platformasi hamkorligida taşkil etilgan tadbirda 100 nafardan ortiq tadbirkorlar, hunarmandlar, xotin-qizlar va yoşlar iştirok etdi.

Bugungi kunda elektron savdo çekka hududlardagi kiçik işlab çiqaruvçilar uçun yangi bozorlarga çiqiş va savdo geografiyasini kengaytirişda muhim vositaga aylanmoqda. Qaşqadaryo viloyati ham öziga xos yuqori işlab çiqariş va hunarmandçilik salohiyatiga ega. Xususan, Nişon va Kasbi tumanlarida töqimaçilik va tikuvçilik, Qarşi şahrida oziq-ovqat sanoati, Kökdala va Çiroqçi tumanlarida qişloq xöjaligi mahsulotlarini qayta işlaş, Şahrisabz tumanida milliy hunarmandçilik, yoğoç öymakorligi, kulolçilik va suvenirlar, Dehqonobod va Çiroqçi tumanlarida esa çorvaçilik, junni qayta işlaş va gilamçilik yönalişlari rivojlangan.

Maʼlumot örnida, hozirda viloyatda 27 ming nafar tadbirkorlik subyekti faoliyat yuritmoqda. Şundan savdo-sotiqda 10 mingtasi, sanoatda 3 mingtasi, boşqa xizmatlarda 2,8 mingtasi, qurilişda 2,2 mingtasi, umumiy ovqatlaniş sohasida 1,7 mingtasi, taşiş va saqlaşda 800 tadan ortiği hamda soğliqni saqlaş sohasida 800 taga yaqini mavjud. Viloyatning boy tarixiy-madaniy merosi va sayyohlik salohiyati mahalliy mahsulotlarni xalqaro bozorga olib çiqiş uçun katta imkoniyat yaratadi.

Biroq ayrim hunarmandlar mahsulotini hali ham faqat mahalliy bozor va vositaçilar orqali sotayotgani bois xaridor talabini tezkor baholay olmayapti. Elektron savdo esa internet orqali talabni kuzatiş, savdo hajmini tahlil qiliş va assortimentni bozor ehtiyojiga qarab şakllantiriş imkonini beradi.

– Bizning korxonada hozirda 20 xil turdan ortiq tekstil mahsulotlari işlab çiqarilmoqda, – deydi «Safe collection» MÇJ masʼul xodimi Oybek Şukurov. – Korxonamiz ötgan 9 oy davomida 10 milliard sömga yaqin mahsulot işlab çiqarib, asosan mahalliy bozor va Rossiya davlatiga 30 foiz sotuvni amalga oşirib kelmoqda. Mutaxassislar taʼkidlaganidek, kelgusida mazkur platformada elektron dökon oçib, sotuvni yölga qöyadigan bölsak, daromadni yana 2–3 barobarga oşiriş imkoniga ega bölamiz.

Seminarda iştirokçilarga onlayn dökon oçiş, mahsulotlarni marketpleys omborlariga yetkazib beriş yoki öz omboridan jönatiş, logistika va savdo natijalarini tahlil qiliş usullari tuşuntirildi. Yakunda elektron savdoga tayyor subyektlarni saralaş va marketpleyslarda savdoni boşlaşda amaliy kömak körsatiş böyiça kelişuvlarga erişildi. Kelgusida ham Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi filiali tomonidan raqamli marketing va eksport yönalişida amaliy öquvlar muntazam taşkil etib boriladi.