2026-yil 3-noyabr kuni Termiz davlat muhandislik va agrotexnologiyalar universitetida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan Surxondaryo viloyati hokimligi hamda Wildberries savdo platformasi bilan hamkorlikda «Özbekistonda elektron tijorat orqali kiçik va örta biznesni qöllab-quvvatlaş imkoniyatlari» mavzusida amaliy seminar ötkazildi. Unda viloyatning barça tuman va şaharlaridan 200 nafardan ortiq tadbirkor, hunarmand va yoşlar iştirok etdi.

Seminarni universitet rektori, fizika-matematika fanlari nomzodi, professor Rasul Törayev kiriş sözi bilan oçdi. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hududiy filiallar faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi boşliği örinbosari Baxtiyor Işmuhamedov elektron tijoratning holati va viloyat salohiyati böyiça taqdimot qildi. Wildberries kompaniyasining tijorat bölimi menejeri Abdulaziz Yoqubjonov platformada savdoni boşlaşning amaliy jihatlarini tuşuntirdi.

Maʼruzalarda taʼkidlanganidek, 2026-yilda jahon elektron tijorati hajmi 6,8 trln dollarга yetadi. Özbekistonda uning çakana savdodagi uluşi hozirça 3 foiz atrofida bölsa-da, aholining 94,2 foizi internetdan foydalanadi – bu onlayn bozorda katta böş maydon borligini anglatadi.

Surxondaryo bu imkoniyatdan foydalaniş uçun yetarli salohiyatga ega. Viloyatda 32 mingta faol korxona va 1170 nafar hunarmand faoliyat yuritadi, kiçik tadbirkorlikning yalpi hududiy mahsulotdagi uluşi 76 foizni taşkil etadi. 2026-yilning 1-yarmida eksport 373,7 mln dollarni, şundan meva-sabzavot eksporti 77,7 mln dollarni taşkil etdi. Termiz şahridagi «Termiz Kargo Tsentr» va Termiz xalqaro savdo markazi logistika tayançi bölsa, Denov, Jarqörğon va Şörçining agrosanoat mahsulotlari, Boysun kaştalari va Şerobod kulolçiligi marketpleys uçun tayyor tovar hisoblanadi. Viloyatda ayollar rahbarlik qilayotgan kiçik korxonalar soni bir yilda 25 foizga ösgani ham eʼtiborga molik, çunki Wildberries xaridorlarining 71 foizi ayollardir.

Kompaniya vakilining maʼlumotiga köra, Özbekistonda 1 400 dan ortiq buyurtma topşiriş punkti va 53 ming kv. metrlik ombor işlab turibdi, platforma orqali özbek sotuvçilarining eksporti 450 foizga, içki savdosi 45 foizga oşgan. Seminarda röyxatdan ötiş, mahsulot kartoçkasini tayyorlaş, öz omboridan sotiş modellari va «Ösiş platformasi»ning bepul taʼlim imkoniyatlari amalda körsatildi. Savol-javob qismida tadbirkorlar narxlaş, logistika va hisob-kitob böyiça kompaniya vakilidan bevosita maslahat oldi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Surxondaryo hududiy filiali iştirokçilar sörovnomasi asosida elektron tijorat böyiça qisqa muddatli öquv kurslari taşkil etadi va platformada röyxatdan ötişni istagan tadbirkorlarga amaliy yordam körsatadi.