Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi taşabbusi bilan joriy yilning 29-30 oktabr kunlari Farğona viloyati Uçköprik tumani 2-son texnikumida Qöqon erkin iqtisodiy zonasida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlar uçun “Biznesni kengaytiriş va biznes-jarayonlarni avtomatlaştiriş” mavzusida ikki kunlik seminar-trening taşkil etildi.

Seminar-treningning asosiy maqsadi tadbirkorlarning biznesni rivojlantiriş va kengaytiriş, boşqaruv samaradorligini oşiriş, şuningdek, zamonaviy raqamli texnologiyalar va avtomatlaştiriş yeçimlarini tadbirkorlik faoliyatiga joriy etiş borasidagi bilim va amaliy könikmalarini rivojlantirişdan iborat böldi.
Maşğulotlar davomida biznesni kengaytiriş strategiyalari, biznes-jarayonlarni avtomatlaştiriş mexanizmlari, raqamli texnologiyalardan samarali foydalaniş, korxona faoliyatida innovatsion yondaşuvlarni qöllaş hamda boşqaruv jarayonlarini takomillaştiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Şuningdek, seminar doirasida iştirokçilarga tadbirkorlik faoliyatida uçraydigan muammolarni aniqlaş va tahlil qiliş, mavjud resurslardan samarali foydalaniş, iş jarayonlarini optimallaştiriş hamda biznes samaradorligini oşirişga qaratilgan amaliy tavsiyalar berildi. Interaktiv maşğulotlar va fikr almaşuvlar orqali iştirokçilarning mavzu yuzasidan bilim va könikmalari mustahkamlandi.
Seminar-trening yakunida qatnaşçilarga Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan sertifikatlar topşirildi.

Mazkur seminar-trening tadbirkorlarning zamonaviy biznes yuritiş kompetensiyalarini rivojlantiriş, ularning faoliyatiga innovatsion va raqamli yeçimlarni keng joriy etiş hamda korxonalar raqobatbardoşligini oşiriş yölidagi muhim amaliy qadam böldi.



