Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Namangan hududiy filiali tomonidan “Çorvaçilikni rivojlantiriş istiqbollari” mavzusida amaliy seminar taşkil etildi. Tadbir Töraqörğon tumanidagi “Şovon” mahallasi hududida joylaşgan ixtisoslaştirilgan çorvaçilik xöjaligi bazasida bölib ötdi.

Seminarning asosiy maqsadi tadbirkorlarning çorvaçilik sohasidagi bilim va amaliy könikmalarini oşiriş, ilğor tajribalarni almaşiş hamda uşbu yönalişda biznesni rivojlantiriş imkoniyatlarini kengaytirişdan iborat böldi. Mutaxassislar tomonidan çorvani zamonaviy usullarda oziqlantiriş va parvarişlaş, naslçilik işlarini takomillaştiriş, çorva mahsuldorligini oşiriş hamda xöjaliklarning iqtisodiy samaradorligini yuksaltiriş böyiça tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida çorvaçilikning iqtisodiy jihatdan jozibadorligi, çorva mollari boş sonini köpaytiriş, işlab çiqariş hajmini kengaytiriş va barqaror daromad oliş imkoniyatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Iştirokçilar mutaxassislar bilan bevosita muloqot qiliş, özlarini qiziqtirgan savollarga javob oliş hamda şaxsiy tajribalari bilan örtoqlaşiş imkoniyatiga ega böldilar.

Seminar iştirokçilari tadbirning amaliy ahamiyatini yuqori baholab, olingan bilim va tavsiyalarni öz xöjaliklari faoliyatida qöllaş niyatida ekanliklarini bildirdilar. Şuningdek, bunday uçraşuvlar tajriba almaşiş va işbilarmonlik aloqalarini mustahkamlaşda muhim ahamiyat kasb etişini taʼkidladilar.

Tadbir yakunida iştirokçilar sohani rivojlantiriş istiqbollarini muhokama qilib, hududlarda şu kabi amaliy seminarlarni muntazam ravişda taşkil etiş böyiça kelişib oldilar.