Tadbirkorlikni rivojlantiriş, yangi iqtisodiy imkoniyatlar yaratiş hamda yer uçastkalari va davlat mulki obyektlaridan samarali foydalaniş bugungi kunning muhim vazifalaridan biridir.

Şu maqsadda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Navoiy viloyati hududiy filiali tomonidan «E-auksion elektron savdo platformasi orqali tadbirkorlikni rivojlantiriş, yer va davlat mulklaridan samarali foydalaniş imkoniyatlari» mavzusida öquv-amaliy seminar taşkil etildi.

Seminarda tadbirkorlar va öz biznesini boşlaş istagidagi fuqarolarga E-auksion platformasining imkoniyatlari, yer uçastkalari va davlat mulki obyektlarini elektron auksion orqali oliş, röyxatdan ötiş, elektron ariza topşiriş hamda savdolarda iştirok etiş tartiblari tuşuntirildi.

Şuningdek, elektron savdolarda qonuniylik, oçiqlik va şaffoflik tamoyillariga rioya qiliş, böş turgan yer va davlat mulki obyektlarini iqtisodiy faoliyatga jalb etiş orqali yangi iş örinlari yaratiş hamda hudud iqtisodiy salohiyatini oşiriş masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.

Tadbir davomida iştirokçilar mutaxassislarga özlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilib, elektron auksionlarda qatnaşiş va tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş böyiça zarur amaliy maʼlumotlarga ega böldilar.

Mazkur seminar tadbirkorlik taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş, davlat mulki va yer resurslaridan samarali foydalaniş hamda hududda işbilarmonlik muhitini yanada yaxşilaşga xizmat qiladi.