O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi magistratura mutaxassisliklari fanlaridan kirish sinovlari
DASTURIDAN KO‘CHIRMA
Kirish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 4-apreldagi “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kengaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-108-son Qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi (keyingi o‘rinlarda Oliy maktab) zamonaviy ta’lim standartlari asosida MBA – global menejment, MBA – moliya, MBA – agrobiznes, MBA – kichik biznes va tadbirkorlik, 70411302 – Biznesni boshqarish (MBA-Raqamli iqtisodiyot) va Loyiha boshqaruvi (RM) magistratura mutaxassisliklari bo‘yicha iqtisodiyot tarmoqlarini rivojlantirishning ustuvor vazifalarini hal etishga qodir bo‘lgan yuqori malakali boshqaruv kadrlarini tayyorlashni amalga oshirmoqda.
Oliy maktab tinglovchiligiga qabul test sinovlari shaklida tashkil etilib, unga davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, yirik uyushmalar, aksiyadorlik jamiyatlari va boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning rahbar va mutaxassislari orasidan suhbat asosida saralash bosqichlaridan o‘tgan nomzodlar tavsiya etiladi.
Test sinovlarini o‘tkazishdan asosiy maqsad, yuqori kasbiy bilim va ilmiy yutuqlarga, ijodiy va ilmiy salohiyatga, yuksak intellektual va rahbarlik qobiliyati, ma’naviy-axloqiy fazilatlarga ega bo‘lgan nomzodlarni tanlash jarayonida raqobat muhitini yaratish va ta’minlashdan iborat.
Dastur Oliy maktab tinglovchiligiga nomzodlarning zamonaviy boshqaruv tizimini tashkil etish, tashkilot va korxonalar tashkiliy tuzilmalarini optimallashtirish, boshqaruv tizimining turli pog‘onalarida vakolatlar va vazifalarni taqsimlash, korxona va tashkilotlar boshqarish samaradorligini oshirish, ularda mehnatni rag‘batlantirish tizimini yo‘lga qo‘yish, rahbar faoliyatini oqilona tashkil etish, boshqaruvda vaziyatli va tizimli yondashuv tamoyillarini tatbiq etish, axborot va kommunikatsiyalardan samarali foydalanish, korxonada samarali boshqaruv faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlarini ishlab chiqish kabi kompetensiyalarini baholashga yo‘naltirilgan. Dastur 70411302 - Biznesni boshqarish (MBA – global menejment), 70411302 - Biznesni boshqarish (MBA-agrobiznes), 70411302 - Biznesni boshqarish (MBA-kichik biznes va tadbirkorlik), 70411302 – Biznesni boshqarish (MBA-moliya), 70411302 - Biznesni boshqarish (MBA-Raqamli iqtisodiyot) va 70411202 - Loyiha boshqaruvi (Project Management) magistratura mutaxassisligiga tinglovchilikka o‘qishga qabul qilinayotgan nomzodlardan menejment fani bo‘yicha quyidagi bazaviy mavzular bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lishlari talab etiladi.
ASOSIY QISM
1-mavzu. Menejmentning nazariy asoslari
Boshqaruv va menejment. Moliyaviy menejment. Innovatsion menejment. Savdo menejment. Boshqaruv (menejment)ning mohiyati va tizimi. Boshqaruv tizimining Boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimchalari. To‘g‘ridan to‘g‘ri aloqa. Teskari aloqa. Menejment tizimining tuzilishi.
Menejmentga nisbatan yondashuvlar. Menejmentning ilmiy yondashuvlari va tamoyillari. Boshqaruv usullari. Ma’muriy yondashuv. Qayta ishlab chiqaruvchi yondashuv. Dinamik yondashuv. Integratsiyali yondashuv. Majmuaviy yondashuv. Marketingli yondashuv. Me’yoriy yondashuv. Axloqiy yondashuv. Jarayonli yondashuv. Tizimli yondashuv. Vaziyatli yondashuv. Vazifaviy yondashuv.
Menejment tamoyillari. Mehnat taqsimoti tamoyili. Vakolatlar va javobgarlik tamoyili. Intizom tamoyili. Yakka hukmronlik tamoyili. Harakatlar birligi tamoyili. Shaxsiy manfaatlarni bo‘ysundirilishi tamoyili. Xodimlarni mukofotlash tamoyili. Markazlashtirish tamoyili. Qoyali zanjir tamoyili. Tartib tamoyili. Adolat tamoyili. Xodimlarning barqarorligi tamoyili. Tashabbus tamoyili. Korporativ rux tamoyili.
Boshqaruv usullari. Boshqaruvning iqtisodiy usullari. Boshqaruvning ma’muriy usullari. Boshqaruvning ijtimoiy-psixologik usullari.
2-mavzu. Menejment texnologiyasi
Boshqaruv jarayoni. Boshqaruv vazifalari. Rejalashtirish. Maqsadlar. Tashkil qilish. Motivatsiya. A. Maslou bo‘yicha ehtiyojlar iyerarxiyasi. Muvofiqlashtirish. Boshqaruvda axborotlar va kommunikatsiyalar. Tashkilot va tashqi muhit o‘rtasidagi kommunikatsiyalar. Ishlab chiqarish va Boshqaruv bosqichlari bo‘yicha bo‘linmalar ichidagi kommunikatsiyalar.
Shaxslararo kommunikatsiyalar. Bo‘linmalar o‘rtasidagi kommunikatsiyalar. Norasmiy kommunikatsiyalar. Kommunikatsion jarayon. Kommunikatsion tarmoqlarning namunalari. Boshqaruv qarorlari. Qarorni bajarilishini tashkil qilish. Qarorni bajarilishi ustidan nazorat qilish, faoliyat va qarorga tuzatishlar kiritish. Qarorni bajarish bo‘yicha faoliyatni baholash.
3-mavzu. Tashkilotlar va ularni boshqarish
Tashkilotlar tushunchasi va ularning tavsifi. Tashkilotning yashash davri. Tashkilotlarning ichki muhiti. Tashkilotlarning tashqi muhiti. Tashkilot ichki va tashqi muhitining omillari va o‘zgaruvchanligi. Tashkilotlar faoliyatini turkumlashtirish. Tashkiliy tuzilmalarning turlari. Tashkilotning tashkiliy tuzilmasi.
Mehnatning gorizontal bo‘linishi. Mehnatning vertikal taqsimlanishi. To‘g‘ri chiziqli tuzilma. Boshqaruvning vazifaviy tuzilishi. To‘g‘ri chiziqli vazifaviy tuzilma. Boshqaruvning to‘g‘ri chiziqli - shtabli tuzilmasi. Boshqaruvning matritsa tuzilmasi. Divizional (yoki bo‘limli) tashkiliy tuzilma. Mahsulotli tashkiliy tuzilma. Mintaqaviy tashkiliy tuzilma. Iste’molchiga qaratilgan tashkiliy tuzilma. Boshqaruvning kombinatsiyalashtirilgan tuzilmasi.
Asosiy tashkiliy-huquqiy shakllar. Mas’uliyati cheklangan jamiyat. Qo‘shimcha mas’uliyatga ega jamiyat. Aksiyadorlik (hissadorlik) jamiyati. Sho‘ba va bog‘liq jamiyatlar. Davlat unitar korxonalari. Notijorat tashkilotlar. Matlubot kooperativi. Kartel. Sindikat. Trest. Konsern. Konsorsium. Sanoat xoldinglari. Tadbirkorlar uyushmalari. Virtual korporatsiya.
Tashkilotlarni rivojlanishidagi zamonaviy tendensiyalar. Tarmoqli tashkilotlar. Tashkilotlarning yangi turlari. Tashkilotlarni strategik boshqarish. Strategik boshqaruv tuzilmasi. Strategik maqsadlarini belgilash. Strategiyani tanlash. Tashkiliy o‘zgarishlarni boshqarish. Tashkiliy o‘zgarishlarni amalga oshirish modellari. Boshqaruv samaradorligi.
4-mavzu. Zamonaviy menejer
Menejer tushunchasi, shaxsiy va ishga doir sifatlari, vazifalari. Korxona menejerlarining darajalari. Menejer va yetakchi. Yetakchining an’anaviy konsepsiyasi. Menejerning yetakchidan farqi. Yetakchilik sifatlari nazariyasi. Yetakchilik xulqi konsepsiyalari. Vaziyatli yetakchilik konsepsiyasi. Tannenbaum- Shmidt yetakchilik xulqi kontinuumi (uzliksizligi).
Vaziyatli yetakchilik modellari (F.Fidler). Xersey va Blansharlarning vaziyatli yetakchilik modeli. Xauz va Mitchellarning “yo‘l-maqsad yetakchilik modeli. Vrum-Iyettona-Yagolarning qarorlar qabul qilishning vaziyatli modeli. Yetakchilarni yangi konsepsiyalari. Atributli (belgili) yetakchilik konsepsiyasi. Xarizmatik yetakchilik konsepsiyasi. Tubdan o‘zgartiruvchi yetakchi konsepsiyasi.
Menejerning uslubi. Rahbarlik uslublarining mazmuni. Rahbarlikning demokratik uslubi. Ishga doir etika va etiket. Menejerning imiji. Imij tushunchasi. Ishbilarmonlik etikasi. Nutq madaniyati. Ishbilarmonlik etiketining milliy xususiyatlari.
5-mavzu. Boshqaruv mehnatini tashkil qilish
Boshqaruv mehnatining ta’rifi, xususiyatlari va turlari. Evristik mehnat. Ma’muriy mehnat. Operator mehnati. Boshqaruv mehnatini ilmiy tashkil qilish. Rahbarni o‘zini o‘zi boshqarishi.
Menejment tomonidan vaqtdan va o‘z imkoniyatlaridan ko‘proq foydalanish. Uning o‘zining sog‘ligini saqlash va mustahkamlash. Hayotni borishini ongli ravishda boshqarish. Ham ishdagi va ham shaxsiy hayotidagi tashqi holatlarni yengib o‘tish.
O‘zini o‘zi boshqarishi doirasi. Maqsadlarni qo‘yish. Ishlash qobiliyatining o‘rtacha statistik o‘zgarishlari. Axborot bilan ishlash. Telefondagi so‘zlashishlar. Yozishmalarni ratsional olib borish. Menejer faoliyatini rejalashtirish va tashkil qilishning qurollari.
6-mavzu. Tashkilot xodimlarini boshqarish
Jamoa tushunchasi, turlari, shakllanish bosqichlari. Mehnat jamoasi. Ta’sir o‘tkazish va hukmronlik. Majbur qilishga asoslangan hukmronlik. Mukofotlashga asoslangan hukmronlik. Ekspertli hukmronlik. Namuna yoki xarizma hukmronligi. Qonuniy hukmronlik. Resurslarga egalik qilishga asoslangan hukmronlik. Axborotlarni olish va ulardan foydalanishga asoslangan hukmronlik.
Nizolarni boshqarish. Nizolarning turlari. Shaxslararo nizo. Shaxs va guruh o‘rtasidagi nizo. Guruhlararo nizo. Kartografiya usuli. Nizoning kartasi. Nizolarni hal qilishning tarkibiy usullari. Nizolarni hal qilishning shaxslararo usullari.
Xodimlarni boshqarish. Xodimlarni tanlash. Xodimlarni tanlashning ichki va tashqi manbalarini solishtirish. Menejerning ishbilarmonlik sifatlarini baholash. Martabani boshqarish. Xodimlardan foydalanish.
7-mavzu. Korxona quvvatini boshqarish
Korxona quvvatini boshqarish texnologiyasining bosqichlari. Korxona quvvatidan foydalanish dinamikasi va samaradorligining tuzilishini, uning bozordagi ulushini baholash. Korxona quvvatining raqobatbardoshligini baholash. Korxonaning iqtisodiy quvvati. Korxona quvvatining rezervlari va yo‘qotishlarini tahlil qilish. Korxona quvvatining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha strategiya va taktikani tanlash. Tanlangan strategiya va taktikadan kelib chiqqan holda korxona quvvatining raqobatbardoshligini oshirish bo‘yicha tadbirlarni o‘tkazish.
Korxona quvvatining raqobatbardoshligi. Indikatorli usul. Matritsa usuli. Korxona quvvati qobiliyating kontur matritsasi. Korxona quvvati samaradorligi rezervlari. Korxona quvvati raqobatbardoshligining tuzilishi va dinamikasi.
8-mavzu. Korxonada risklarni boshqarish
Risk va uning turlari. Tavakkalchilik turlari. Tavakkalchilik jarayoni: risk darajasi, xavflilik darajasi, ehtimollik darajasi, foyda yoki zarar darajasi. Sug‘urta bilan bog‘liq bo‘lmagan risk turlari: menejerlar xatosi, tijoratchilikdagi xavf. Inqiroz sharoitida korxonalarda risklarni boshqarish va oldini olish.
9-mavzu. Boshqaruvda axborot va kommunikatsiya
Axborotlar tizimi. Kommunikatsiya. Korxonalarda ish yuritish hujjatlarini olib borish va tashkil qilish. Boshqaruvda axborot tizimining ahamiyati. Axborot va uning boshqarishdagi roli. Boshqarish tizimidagi axborotning aloqalari: tashqi va ichki axborot. Axborotga nisbatan qo‘yiladigan talablar: ishonchlilik, tushunarli, bir ma’nolilik, tezkorlik, to‘liqlik, tejamlilik. Teskari aloqa. Axborot almashuv jarayonida teskari aloqa. Boshqaruvda raqamli texnologiyalarni qo‘llash.
10-mavzu. Global menejment asoslari
Global menejment va global biznes tushunchalari. Mamlakatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash sharoitida global menejmentning maqsadi va vazifalari. Global menejment xususiyatlari. Global biznesda boshqaruv qarorlari va unga ta’sir etuvchi omillar. Global menejmentda madaniyat omilining roli. Global biznesning tashkiliy-huquqiy shakllari.
Global korporatsiyalarda strategik rejalashtirish. Ko‘pmillatli kompaniyalar (KMK) strategiyasini shakllantirishning shart-sharoitlari. M. Porterning Global raqobat nazariyasining asosiy qoidalari. Global biznesda integratsiyalashgan tuzilmalar: ko‘pmillatli va transmilliy kompaniyalar. Global strategik Alyanslar (XSA). Global strategik Alyanslar shakllari. Ko‘pmillatli kompaniyalar shakllari.
11-mavzu. Moliyaviy boshqaruv asoslari
Moliya so‘zining mazmuni, mohiyati va zarurligi. Moliyaning turlari. Moliyaning funksiyalari. Davlat byudjeti. Davlat byudjetining xarajatlar qismi. Davlat byudjetining daromadlari qismi. Davlat byudjetining profitsiti. Davlat byudjetining defitsiti. Davlat byudjetining defitsitini qoplash manbalari. Bevosita soliqlar. Bilvosita soliqlar. Mahalliy byudjetlarning biriktirilgan daromadlari. Mahalliy byudjetlarning tartibga soluvchi daromadlari. Byudjetdan tashqari pul jamg‘armalarining zarurligi. Davlat krediti. Subsidiya. Dotatsiya va subvensiya. Inflyatsiya.
12-mavzu. Kichik biznes va tadbirkorlik asoslari
Kichik biznes va tadbirkorlik turlari. Kichik biznesni tashkiliy-huquqiy tuzilishi. Kichik biznes va tadbirkorlikni moliyalashtirish. Kichik biznes va tadbirkorlikni boshqarishdagi xavf-xatarlar, kichik biznes va tadbirkorlikda marketing strategiyalari. O‘zbekistondagi kichik biznes uchun eng yaxshi bozorlar. Tadbirkorlikda raqobatni baholash. Kichik biznesda mijozlar bilan munosabatlar. Tadbirkorlik uchun zarur bo‘lgan asosiy ko‘nikmalar. Kichik biznes va tadbirkorlikda elektron tijorat, tadbirkorlikda zamonaviy texnologiyalarning roli. Kichik biznesni kengaytirish usullari. Kichik biznesda brendni yaratish va rivojlantirish. O‘zbekistonda kichik biznes va tadbirkorlikni qo‘llabquvvatlash. Xizmat ko‘rsatish sohasidagi kichik biznes va tadbirkorlikning xususiyatlari.
Texnologiya va IT sohasidagi kichik biznesning xususiyatlari. O‘zbekistonda kichik biznesni tashkil etish va uni boshqarishdagi talablar. Kichik biznesning yirik biznesdan farqi.
13-mavzu. Agrobiznesni boshqarish asoslari
Agrar munosabatlar va ularning xususiyatlari. Mamlakat iqtisodiyotida agrar sohaning tutgan o‘rni. Yerning resurs sifatidagi o‘ziga xos xususiyatlari. Yer mulkchilik va xo‘jalik yuritish obyekti sifatida. Ijara munosabatlari. Ijara haqi. Yer rentasi tushunchasi. Yer rentasining turlari: differensial renta, absolyut renta, monopol renta, undiruvchi sanoat va qurilish uchastkalaridan olinuvchi renta. Renta to‘lovi shakllari. O‘zbekistonda yerga yagona soliqni joriy etish amaliyoti. Yer narxi va uni belgilovchi omillar. Agrosanoat integratsiyasi. Agrobiznes va uning turlari. Dehqon, fermer va shirkat xo‘jaliklari. O‘zbekistonda agrar islohotlarni amalga oshirish, fermer va dehqon xo‘jaliklarini rivojlantirishning davlat dasturlari.
14-mavzu. Raqamli boshqarish asoslari
Raqamli iqtisodiyot haqida tushuncha. Raqamli iqtisodiyotning paydo bo‘lishi va rivojlanish bosqichlari. Raqamli iqtisodiyot vazifalari va maqsadlari.Raqamli iqtisodiyotni O'zbekistonda rivojlanishdagi to'siqlar. Raqamli biznesni yuritish asoslari. Raqamli iqtisodiyotning belgilari va xususiyatlari. Raqamli iqtisodiyotning qulayliklari. Korxonalar raqamli biznesning turli tarkibiy qismlari. Onlayn savdo, raqamli marketing, elektron tijorat, mijozlar bilan munosabatlarni boshqarish va ma’lumotlar tahlili. Raqamli texnologiyalar va strategiyalar. Ma’lumotlar tahlili. raqamli biznesni bosqarishda qarorlar qabul qilish. Raqamli O‘zbekiston -2030 strategiyasi.
15-mavzu. Loyiha boshqaruvi asoslari
Loyiha haqida tushuncha. Loyiha boshqaruvi. Loyihaning maqsadi uning ahamiyati. “Loyiha manfaatdor tomonlari” tushunchasi. Loyihani ishlab chiqish va amalga oshirish bosqichlari. Loyihaviy ofis faoliyati, maqsadi va tashkiliy tuzilishi. Loyiha jamoasining o‘ziga xos xususiyatlari va ularning vazifalari. Loyiha Nizomi. Loyihalar tashabbusidagi hujjatlar. Loyihaviy yo‘naltirilgan tashkilotlarning asosiy faoliyati. Loyiha doirasida manfaatdor tomonlar o‘rtasida o‘zaro hamkorlik. Manfaatdor tomonlar o‘rtasida ustuvorliklarni belgilash. Loyihada "implementatsiya"si va "amalga oshirish" tushunchalari. Loyihalarning muvaffaqiyatsizligiga olib keluvchi omillar.
ADABIYOTLAR RO‘YXATI
Asosiy adabiyotlar:
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 14 sentyabrdagi «Kichik biznesni rivojlantirishni moliyaviy va institutsional qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi PQ-306-son qarori, https://lex.uz/docs/6609110 .
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 15 noyabrdagi «Aholini kichik va o‘rta biznesga keng jalb qilishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida» 15.11.2023-yildagi PQ-366-son qarori, https://lex.uz/ru/docs/6663044.
- Ricky W. Griffin. Fundamentals of management. 8 th Edition. 2015.- 510 p.
- Yo‘ldoshev N.Q. Menejmentga kirish. Darslik. –T.: “Innovatsion rivojlanish nashriyot matbaa uyi”, 2021 y. -392 b.
- Vixanskiy, O. S. Menedjment: uchebnik / O. S. Vixanskiy, A. I. Naumov. – 6-ye izd., pererab. i dop. – Moskva: Magistr Infra-M, 2019. – 656 s.
- Guskov, Yu. V. Osnovы menedjmenta: uchebnik / Yu. V. Guskov. — Moskva: INFRA-M, 2019. — 263 s.
- Ambar G., Chandana G. Public Finance. – India, 2014. – 368 p.
- R.Alimov, U.Otajonov, A.Ishnazarov, I.Xabibullayev, M.Saidova. “Yekonometrika asoslari”. O‘quv qo‘llanma. Ro‘yxatga olish raqami 237 - 471. T.2021-y 31-may.
- Degtyareva, N.A.Ekonometricheskiye modeli analiza i prognozirovaniya: monografiya / N.A. Degtyareva. – Chelyabinsk: Sitsero, 2017. – 170 b.
- Xo‘djamuratova G.Y., Azlarova M.M. Menejment. Marketing. Darslik. -T: Iqtisodiyot, 2019. -358 b.
- Yo‘ldoshev N.Q., Nabokov V.I. Menejment nazariyasi. Darslik. – T:.TDIU, 2013.- 433 b.
- Yo‘ldoshev N.Q., Zaxidov G.E. Menejment. Darslik. -T: “O‘zbekiston faylasuflari milliy jamiyati” nashriyoti, 2018 y. -392 b.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini tasdiqlash va uni samarali amalga oshirish tadbirlari to‘g‘risida”gi 2020- yil 6 oktyabrdagi PF-6079 sonli Farmoni.
- O‘zbekiston Respublikasining 2018-yil 3-iyuldagi “O‘zbekiston respublikasida raqamli iqtisodiyotni va kripto-aktivlar aylanmasi sohasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3832-sonli Qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
- O‘zbekiston Respublikasi Prizdentining 2020-yil 28-apreldagi “Raqamli iqtisodiyot va elektron hukumatni keng joriy etish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi Qarori.
- Suyunov D.X., Elmirzayev. S.E.: Korporativ boshqaruv, 2021. 356 бет.
- Porsaev G‘.M., Safarov B.Sh., Usmanova D.Q.. Raqamli iqtisodiyot asoslari. Darslik –T.: «Fan va texnologiyalar nashriyot-matbaa uyi», 2020. 372 b.
- Suyunov D.X.: Kenjabayev. A.T.: Ro’ziyev. A.O.: Elektron tijorat. Дарслик. 2023,
- Brynjolfsson E and Kahin, B, eds. (2002). Understanding the Digital Economy. Massach usetts Institute of Technology, Cambridge, MA
- Бойко, И.П. Экономика предприятия в цифровую эпоху / И.П. Бойко, М.А. Евневич, А.В. Колышкин // Российское предпринимательство. Том 18, – 2017. – №7. – С. 1127-1130
Qo‘shimcha adabiyotlar:
- ChevallierJ., Goutte S., Guerreiro D., Saglio S., Sanhaji B. International Financial Markets. – London: Routledge, 2019. - 438 p.
- Мороз, О.А. Управление проектами в ProjectLibre / О.А. Мороз. - Рн/Д: Феникс, 2018. - 384 c
- Малое инновационное предпринимательство: Кейсы Российских компаний / Д.С. Андреюк и др. Под. ред. Д.С. Медовникова. – М.: МАКС Пресс, 2013. – 196 с.
- David Boddy. Management An Introduction. Sixth Edition. 2014. y. 670 p.
- Ward А. Finance: Theory and Practice. - Chartered Accountants Ireland; 2nd Revised edition, 2020. – 910 р.
- Кендалл И., Роллинз К. Современные методы управления портфелями проектов и офис управления проектами: Пер. с анг. - М.: ПМСОФТ, 2004 - 338 с.
- Иванов П.В. Управление проектами: Учебное пособие / П.В. Иванов. - Рн/Д: Феникс, 2018. - 102 c.
- Финансы. Учебник. Под ред. проф. Н.Ю. Исаковой.- Екатеринбург: Изд-во Урал. ун-та, 2019. — 336 с.
Axborot manbaalari:
- www.gov.uz – O‘zbekiston Respublikasi xukumat portali.
- www.lex.uz – O‘zbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi.
- www.tradingeconomics.com – iqtisodiy ko‘rsatkichlar.
- https://pm.center
- http://pmprofy.ru
- http://spmrk.kz
- http://pmexpert.uz