Loyiha boshqaruvi
-
Qo'shimcha ma'lumot
Mutaxassislik kodi Mutaxassislik nomi Kvalifikatsiya O‘qish muddati Ta'lim shakli Qabul vaqti Kontrakt summasi (so‘m) 70410802 Loyiha boshqaruvi (Project Management) Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi 1 yil
Kunduzgi
Qabul komissiyasi: Iyul–Avgust, Dekabr–Yanvar.
O‘qish boshlanish vaqti: Sentabr, Mart
O‘quv dasturining bir yili uchun to‘lov narxi 43,5 mln. so‘m Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:
- Oliy maʼlumotga ega bo‘lishi;
- Mehnat staji talab etilmaydi;
- 45 yoshgacha (yosh chegarasi faqat kunduzgi taʼlim shakli uchun).
Qabul sinovlari tartibi:
- Suhbat (mutaxassislik va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);
- DTM tomonidan test sinovlari (mutaxassislik va ingliz tilidan).
Ingliz tilidan imtiyoz berilishi:
- CEFR bo‘yicha B2;
- IELTS bo‘yicha 5,0 ball;
- TOEFL bo‘yicha 72 balldan kam bo‘lmagan darajada.
Kerakli hujjatlar:
Magistraturaga kirishni istagan nomzodlar rasmiy veb-sayt orqali Oliy biznes maktabi direktoriga murojaat qilishadi va quyidagi hujjatlarning nusxasini taqdim etishadi:
- Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik birlashmalari, nodavlat notijorat tashkilotlari va tadbirkorlik subʼektlari birinchi rahbarlarining imzosi qo‘yilgan tavsiya xati;
- Oliy maʼlumot to‘g‘risidagi hujjatning nusxasi;
- 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;
- Pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);
- Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi belgilangan namunadagi hujjat/sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).
O‘qishga hujjat topshirish:
Elektron shaklda Oliy biznes maktabining veb-sayti orqali amalga oshiriladi.