Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Yaşil tadbirkorlik hududlarda daromad va bandlik yaratiş vositasi” mavzusidagi beş kunlik öquv seminari yakunlandi.

9–13 noyabr kunlari taşkil etilgan seminarda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi professor-öqituvçilari hamda hududiy filiallari vakillari iştirok etdi. Maşğulotlarni Germaniyaning Senior Experten Service (SES) taşkiloti eksperti, yaşil iqtisodiyot va barqaror rivojlaniş böyiça mutaxassis Bianca Donicke olib bordi.

Beş kun davomida iştirokçilar yaşil iqtisodiyot tamoyillarini hududiy şaroitlarda qöllaş, uy xöjaliklari va kiçik biznesning mavjud resurslaridan samarali foydalaniş, yaşil biznes modellarini şakllantiriş hamda ularni amaliy loyihalarga aylantiriş böyiça bilim va könikmalarini mustahkamladi.

Seminarning dastlabki kunlarida global iqtisodiy ösiş va barqaror rivojlaniş, global inqirozlar (energetika, oziq-ovqat, suv, iqlim, moliya), yaşil va aylanma iqtisodiyot, tabiiy resurslardan foydalaniş, ESG tamoyillari hamda hududlardagi mavjud muammolar muhokama qilindi. Şuningdek, uy xöjaliklari resurslarini hududiy qiymat zanjirlariga jalb etiş, mahalliy muammolar va resurslar asosida biznes imkoniyatlarini aniqlaş böyiça amaliy maşğulotlar ötkazildi.

Seminar davomida iştirokçilar xalqaro bozor talablarining özgarişi, Yevropa Ittifoqining Yaşil kelişuvi, uglerod çegarasini tartibga soliş mexanizmi (CBAM), ESG talablari, yaşil texnologiyalar va innovatsiyalarning kiçik biznes raqobatbardoşligiga taʼsiri bilan ham yaqindan tanişdilar.

Maşğulotlarning muhim qismi iştirokçilarning aniq yaşil biznes loyihalarini işlab çiqişiga qaratildi. Xususan, qişloq xöjaligi, mahsulotlarni qayta işlaş, çiqindilarni qayta işlaş, ekoturizm va ekologik mahsulotlar yönalişlarida mikrobiznes loyihalarini şakllantiriş, ularning xomaşyo manbalari, bozor talabi va mahalliy ehtiyojlarga mosligini baholaş masalalari körib çiqildi.

Yakuniy maşğulotlarda iştirokçilar tomonidan işlab çiqilgan yaşil loyihalar taqdimot qilindi. Loyihalar iqtisodiy samaradorlik, xarajatlarni kamaytiriş, daromad va yangi iş örinlarini yaratiş, resurslarni tejaş hamda ijtimoiy foyda kabi mezonlar asosida körib çiqildi. Ekspert tomonidan loyihalar yuzasidan fikr-mulohaza va amaliy tavsiyalar berildi.

Şuningdek, seminarda olingan bilim va amaliy yondaşuvlarni Oliy maktabning öquv kurslari hamda hududiy treninglariga joriy etiş masalalari muhokama qilindi. Bu esa seminar natijalarini nafaqat iştirokçilarning kasbiy faoliyatida, balki hududlarda tadbirkorlar va aholi bilan olib boriladigan öquv-maslahat işlarida ham qöllaş imkonini beradi.

Yakuniy marosimda seminarni muvaffaqiyatli tamomlagan iştirokçilarga sertifikatlar topşirildi. Sertifikatlar SES eksperti Bianca Donicke hamda Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillari tomonidan taqdim etildi.

Oliy maktab mutaxassislarining yaşil tadbirkorlik va barqaror rivojlaniş böyiça amaliy salohiyatini oşiriş, xalqaro tajribani hududiy şaroitlarga moslaştiriş hamda joylarda resurslardan oqilona foydalaniş böyiça taşkil etilgan seminar yangi biznes imkoniyatlarni rivojlantiriş yölida xizmat qiladi.