2026-yil 10-13-noyabr kunlari Rossiya Federatsiyasi Iqtisodiy rivojlaniş vazirligi huzuridagi Butunrossiya taşqi savdo akademiyasining "Platforma iqtisodiyoti: ösiş, savdo va xalqaro hamkorlikning yangi modellari" IX xalqaro ilmiy konferensiyasi bölib ötmoqda.

Konferensiya platforma iqtisodiyotini rivojlantiriş, xalqaro savdoning raqamli transformatsiyasi hamda transçegaraviy elektron hamkorlikning yangi imkoniyatlariga bağişlangan.

Tadbirda işbilarmon doiralar vakillari, Rossiyaning ilmiy va taʼlim muassasalari, şuningdek, xalqaro iqtisodiyot, savdo va raqamli rivojlaniş sohalaridagi xorijiy olimlar hamda ekspertlar iştirok etmoqda.

Konferensiyada Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi direktor örinbosari iştirok etib, yalpi majlisda «Raqamli savdo platformalari va biznes taʼlimining örni» mavzusida maʼruza bilan çiqiş qildi.

Maʼruzada Özbekistonda elektron savdoning rivojlaniş tendensiyalari va uning sönggi yillardagi jadal ösiş surʼatlariga alohida eʼtibor qaratildi. Xususan, elektron savdo hajmi 2020-yildagi 99,5 million AQŞ dollaridan 2025-yilda 1,8 milliard AQŞ dollariga yetgan. Uning çakana savdo hajmidagi uluşi 4,6 foizni taşkil etgan, mazkur sohada özini özi band qilgan şaxslar soni esa 515 ming nafardan oşgan.

Uşbu ösişga, asosan, uçta muhim omil turtki bölgan: internetdan foydalaniş imkoniyatlari va mobil tölov tizimlarining kengayişi, yirik xalqaro platformalar bilan bir qatorda milliy marketpleyslarning bozorga kirib kelişi, şuningdek, tadbirkorlarni davlat tomonidan qöllab-quvvatlaş çora-tadbirlarining amalga oşirilişi. Xususan, transçegaraviy savdo şart-şaroitlari takomillaştirilmoqda, bojxona omborlari va bojxona infratuzilmasi rivojlantirilmoqda. 2030-yilga qadar elektron savdo aylanmasini 2,4 milliard AQŞ dollariga yetkaziş hamda 300 million AQŞ dollari miqdorida investitsiyalarni jalb etiş vazifasi belgilangan.

Şu bilan birga, transçegaraviy savdo bilan boğliq ayrim tösiqlar, mahsulotlarni sertifikatlaş va markirovkalaş talablaridagi tafovutlar, zamonaviy ombor infratuzilmasining yetişmasligi kabi muammolar hamon saqlanib qolmoqda. Biroq asosiy çeklovlardan biri işlab çiqaruvçilar va eksportyorlarda elektron savdo platformalarida işlaş böyiça amaliy könikmalarning yetarli emasligidir. Şu munosabat bilan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi raqamli biznes taʼlimini rivojlantiriş va uşbu yönalişda malakali mutaxassislar tayyorlaşga alohida eʼtibor qaratmoqda. Jumladan, Janubiy Koreyaning Adju universiteti bilan hamkorlikda MBA in IT Business va MBA «Raqamli iqtisodiyot» taʼlim dasturlari amalga oşirilmoqda.

Şuningdek, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi mamlakat hududlaridagi tadbirkorlarga elektron savdo könikmalarini amaliy örgatişga katta ahamiyat bermoqda. Xususan, Wildberries marketpleysi bilan hamkorlikda kiçik biznes vakillari, hunarmandlar, özini özi band qilgan şaxslar, yoşlar va xotin-qizlar uçun bepul qisqa muddatli öquv kurslari taşkil etilmoqda.Mazkur kurslar doirasida iştirokçilar elektron savdo platformalarida işlaş uçun zarur bölgan amaliy könikmalarni egallamoqda. Jumladan, mahsulotlarni savdoga tayyorlaş, mahsulot kartoçkalarini yaratiş, narx belgilaş, reklama va reytinglar bilan işlaş, buyurtmalarni rasmiylaştiriş hamda yetkazib beriş jarayonlarini taşkil etiş böyiça bilim va malakalar şakllantirilmoqda.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi kelgusida ham eksportyorlar uçun amaliy öquv kurslarini taşkil etiş, transçegaraviy elektron savdo böyiça öquv laboratoriyasini taşkil qiliş, hududiy akseleratorlar faoliyatini kengaytiriş hamda mahalliy trenerlar tarmoğini şakllantirişni rejalaştirmoqda. Bunda tadbirkorlarning turli elektron savdo platformalarida işlaş könikmalarini rivojlantirişga alohida eʼtibor qaratiladi. Bu esa ularga muayyan bir platformaga boğlanib qolmasdan, turli savdo maydonçalarida samarali faoliyat yuritiş imkonini beradigan universal bilim va könikmalarni egallaşga xizmat qiladi.