Bugungi kunda yaşil rivojlaniş modeliga ötiş tobora köproq tadbirkorlik transformatsiyasi va joylarda barqaror biznes tizimini şakllantiriş nuqtai nazaridan körib çiqilmoqda.
Suv, energiya va xomaşyodan oqilona foydalaniş korxonalar xarajatlarini kamaytiradi, çiqindilarni qayta işlaş ularni xöjalik aylanmasiga qaytaradi, ekologik va ijtimoiy standartlarga rioya qilgan holda işlab çiqarilgan mahsulot esa yangi sotuv bozorlariga yöl topadi.

Şu bilan birga, xorijiy xaridorlarning xomaşyo manbai va tovarlar işlab çiqariş şaroitlariga qöyadigan talablari ortib bormoqda. Yevropa Ittifoqining çegarada uglerodni tartibga soliş mexanizmi (CBAM) va ESG standartlari xalqaro savdoning tarkibiy qismiga aylanmoqda, şu bois mahalliy işlab çiqaruvçilar ularga oldindan tayyorgarlik körişi muhim.Yaşil iqtisodiyot hududlar uçun yangi imkoniyatlarni ham oçadi. Uy xöjaliklari resurslari, qişloq xöjaligi mahsulotlari, qayta işlaş çiqindilari, hunarmandçilik va mahalliy tabiiy salohiyat joylarda daromad va iş örinlari yaratadigan kiçik biznesga asos böla oladi. Buning uçun tadbirkorlar va aholiga bunday faoliyatni nimadan boşlaş kerakligini körsatib bera oladigan mutaxassislar zarur.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida şunday mutaxassislarni tayyorlaşga qaratilgan, 9 noyabrdan 13 noyabrgaça davom etadigan “Yaşil tadbirkorlik hududlarda daromad va bandlikni taʼminlaş vositasi sifatida” mavzusidagi bir haftalik dastur boşlandi.
Maşğulotlarni Germaniyaning yaşil iqtisodiyot va barqaror rivojlaniş masalalari böyiça yetakçi eksperti Bianka Dyonikke olib bormoqda. Dasturda Oliy maktab professor-öqituvçilari hamda uning hududiy filiallari vakillari iştirok etmoqda.Kursning maqsadi barqaror rivojlaniş sohasidagi kasbiy bilimlarni kengaytiriş, şuningdek ularni öquv jarayonida, treninglarda hamda joylardagi tadbirkorlar va uy xöjaliklariga maslahat berişda qöllay olişdan iborat. Maşğulotlarda yaşil va sirkulyar iqtisodiyot, uy xöjaliklarini hududlar rivojiga jalb etiş hamda kiçik tadbirkorlik uçun yaşil biznes loyihalarini işlab çiqiş masalalari körib çiqilmoqda.Hududlarda yaşil iqtisodiyotga ötişning muvaffaqiyati köp jihatdan mahalliy biznes va aholining bu jarayonga jalb etilişiga boğliq. Oliy biznes maktabi hamda uning hududiy filiallari öqituvçilari va xodimlarining uşbu sohadagi bilim va könikmalarini oşiriş resurslardan oqilona foydalanişga asoslangan biznes yuritişga tayyor tadbirkorlarni tizimli qöllab-quvvatlaş uçun zamin yaratadi.

Aynan şunday mutaxassislar yaşil iqtisodiyotning umumiy tamoyillari bilan kiçik korxonalarning kundalik amaliyotida qöllaş mumkin bölgan yeçimlar örtasidagi tafovutni qisqartira oladi.Kursning ahamiyatli tomoni xalqaro tajribani hududiy iqtisodiyot şaroitlariga moslaştirişda namoyon böladi.

Hududlarda iqtisodiy faollikning salmoqli qismi uy xöjaliklari va kiçik biznes hissasiga töğri keladi, şu bois yaşil yeçimlar oddiy, xarajat jihatidan qulay va mahalliy resurslarga asoslangan bölişi kerak. Iştirokçilarning hafta davomidagi işi aynan şunday modellarga qaratilgan.Yaşil tadbirkorlik bevosita iqtisodiy ahamiyatga ham ega. Mahalliy xomaşyo va çiqindilarni qayta işlaş, ekoturizm va hunarmandçilik qöşilgan qiymatni hududning özida saqlab qoliş, import mahsulotlarini qisqartiriş hamda joylarda bandlikni taʼminlaş imkonini beradi.



