“Loyiha boşqaruvi” magistratura tinglovçilari “Safia Cafe & Bakery” qandolatçilik fabrikasiga taşrif buyurişdi
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining “Loyiha boşqaruvi” mutaxassisligi böyiça magistratura tinglovçilari Savdo-sanoat palatasi kömagida “Safia Cafe & Bakery” qandolatçilik fabrikasiga amaliy taşrif buyurişdi.

Taşrif davomida tinglovçilar korxonaning taşkil topiş tarixi, işlab çiqariş jarayonlari va texnologik liniyalari bilan tanişdilar. Şuningdek, mahsulot sifatini nazorat qiliş, işlab çiqarişni taşkil etiş, resurslardan foydalaniş va tayyor mahsulotlarni yetkazib beriş jarayonlari haqida maʼlumot oldilar.
Korxona faoliyati misolida tinglovçilar işlab çiqariş jarayonlarini boşqariş va muvofiqlaştiriş, rejalaştiriş hamda samarali boşqaruv qarorlarining amaliy ahamiyatini kuzatiş imkoniga ega böldilar.

Bunday taşriflar magistratura taʼlimida nazariy bilimlarni real işlab çiqariş tajribasi bilan boğlaş va tinglovçilarning kasbiy bilimlarini mustahkamlaşga xizmat qiladi.
Savdo-sanoat palatasi hamda “Safia Cafe & Bakery” korxonasiga taşrifni taşkil etiş va tinglovçilar uçun amaliy maşğulot ötkaziş imkoniyatini yaratganliklari uçun minnatdorlik bildiramiz.



_6aedcfbd265d4.webp)