Böstonliq tumanidagi «Lingviston» mehmonxonasida Toşkent şahri va Andijon viloyatidan kelgan 300 nafar xotin-qizlar iştirokida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan «Tadbirkorlik könikmalarini şakllantiriş» mavzusida davra suhbati taşkil etildi. Tadbirdan közlangan asosiy maqsad xotin-qizlarning tadbirkorlik sohasidagi bilim va amaliy könikmalarini oşiriş, ularni biznes taşabbuslarini amalga oşirişga rağbatlantiriş hamda iqtisodiy faolligini qöllab-quvvatlaşdan iborat böldi.

Davra suhbati davomida iştirokçilarga tadbirkorlik faoliyatini boşlaşning asosiy bosqiçlari, biznes ğoyani şakllantiriş va uni amalga oşiriş, bozor talabini örganiş, biznes-reja işlab çiqiş, moliyaviy rejalaştiriş hamda özini özi band qiliş imkoniyatlari böyiça amaliy ma’lumotlar berildi. Ayniqsa, iştirokçilarning aksariyati «Ayollar daftari» röyxatiga kiritilgan xotin-qizlar ekani inobatga olinib, ular uçun mavjud imkoniyatlardan samarali foydalaniş va barqaror daromad manbaini şakllantiriş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Tadbir oçiq muloqot va özaro fikr almaşiş şaklida ötkazilib, xotin-qizlar özlarini qiziqtirgan savollar bilan mutaxassislarga murojaat qiliş, tadbirkorlik faoliyatini yölga qöyiş böyiça zarur amaliy tavsiya va tuşuntirişlarni oliş imkoniyatiga ega böldilar. Şuningdek, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining tadbirkorlik sohasida bilim va könikmalarni rivojlantiriş, aholining iqtisodiy faolligini oşiriş hamda zamonaviy biznes yuritiş könikmalarini şakllantirişga qaratilgan faoliyati haqida ham ma’lumot berildi.

Mazkur tadbir xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etiş, ularning iqtisodiy mustaqilligini mustahkamlaş, bandligini ta’minlaş va yangi daromad manbalarini yaratişga qaratilgan amaliy taşabbuslarni qöllab-quvvatlaşda muhim ahamiyat kasb etdi. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi tomonidan taşkil etilayotgan bunday öquv va muloqotlar xotin-qizlarning tadbirkorlik salohiyatini rivojlantiriş, ularni yangi biznes ğoyalarini amalga oşirişga yönaltiriş hamda iqtisodiy faolligini yanada oşirişga xizmat qiladi.