Farğona viloyatining Yozyovon tumanida tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan xotin-qizlarni qöllab-quvvatlaş, ularning biznes sohasidagi bilim va amaliy könikmalarini oşiriş maqsadida amaliy uçraşuv taşkil etildi. Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Farğona viloyati hududiy filiali taşabbusi bilan taşkil etilgan mazkur uçraşuvning asosiy maqsadi xotin-qizlarni tadbirkorlikka keng jalb etiş, yangi biznes ğoyalarini şakllantiriş hamda ularni amalga oşirişda zarur amaliy kömak va tavsiyalar berişdan iborat böldi.

Uçraşuv davomida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Farğona viloyati hududiy filiali mutaxassislari tomonidan tadbirkorlik faoliyatini boşlaş va uni samarali yölga qöyişning muhim jihatlari böyiça batafsil ma’lumotlar berildi. Xususan, biznes ğoyasini şakllantiriş, bozor talabini örganiş, maqsadli auditoriyani aniqlaş, raqobat muhitini baholaş va puxta biznes-reja işlab çiqiş masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Şuningdek, iştirokçilarga moliyaviy savodxonlikni oşiriş, daromad va xarajatlarni töğri rejalaştiriş, mablağlardan samarali foydalaniş, tadbirkorlik faoliyatini qonuniy tartibda taşkil etiş hamda mavjud imtiyoz va qöllab-quvvatlaş imkoniyatlaridan foydalaniş böyiça amaliy tavsiyalar berildi.

Amaliy maşğulotlar va oçiq muloqot davomida iştirokçilar özlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan batafsil javob oldilar. Bu esa ularga tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini mustahkamlaş, biznes yuritişning asosiy tamoyillarini anglaş va öz ğoyalarini aniq reja asosida amalga oşiriş uçun zarur könikmalarni şakllantiriş imkonini berdi.

Uçraşuvda xotin-qizlarning tadbirkorlikka bölgan qiziqişi va taşabbuskorligi yuqori ekani namoyon böldi. Iştirokçilar öz biznes ğoyalarini rivojlantiriş, yangi iş örinlari yaratiş va daromad manbalarini kengaytiriş borasida mutaxassislar bilan fikr almaşdilar.

Bunday amaliy uçraşuv va seminarlar xotin-qizlarning iqtisodiy faolligini oşiriş, ularni tadbirkorlikka keng jalb etiş, yangi biznes taşabbuslarini qöllab-quvvatlaş hamda hududlarda xotin-qizlar tadbirkorligini rivojlantirişga xizmat qiladi.