Yangiliklar
Mustaqillik buyuk qadriyat, taraqqiyot va yangi marralar timsoli
28-08-2026 | 465
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi mamlakatimiz hayotidagi muhim tarixiy voqea sifatida keng nishonlanmoqda. Joriy yilgi bayram tadbirlari “Yagona Vatan, yagona xalq bo‘lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!” ezgu g‘oyasi asosida o‘tkazilmoqda.
Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida ham mamlakatimiz mustaqilligining 35 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida Oliy biznes maktabi rahbariyati so‘zga chiqib, yurtimiz mustaqilligining tarixiy ahamiyati, o‘tgan 35 yil davomida mamlakatimiz bosib o‘tgan taraqqiyot yo‘li, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr bildirdilar.