Özbekiston kiçik va örta biznes korxonalarida ilğor texnologiyalar, zamonaviy bilimlar hamda boşqaruv kompetensiyalarini amaliyotga joriy etiş maqsadida, iqtisodiyotning yetakçi tarmoqlarida faoliyat yuritayotgan tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlikni rivojlantiriş borasida Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi rivojlangan mamlakatlarning ixtisoslaşgan taşkilotlari hamda işbilarmon doiralari bilan xalqaro hamkorlik aloqalarini izçil kengaytirib bormoqda.
Joriy yilning 11-noyabr kunidan boşlab Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi Rossiya va yangi mustaqil davlatlar bilan savdo böyiça Yaponiya assotsiatsiyasi (ROTOBO) bilan hamkorlikda Özbekiston kiçik va örta biznes vakillarining Yaponiyaga biznes taşrifi taşkil etildi.
Delegatsiya tarkibi respublikamizning turli hududlaridagi oziq-ovqat, qandolatçilik, qişloq xöjaligida qayta işlaş sohasidagi yetakçi korxonalar rahbarlaridan taşkil etildi.
Taşrifdan maqsad – Yaponiyadagi oziq-ovqat sanoati, qişloq xöjaligida ilğor qayta işlaş texnologiyalari bilan tanişiş, zamonaviy işlab çiqariş jarayonlari va mahsulotlar assortimentini kengaytiriş borasida yapon tajribasini örganiş, Yaponiya oziq-ovqat bozorini tahlil qiliş, mahalliy işlab çiqaruvçilarimizni xalqaro eksport bozorlariga çiqiş imkoniyatlarini örganiş hamda yapon kompaniyalari bilan birgalikda qöşma biznes loyihalarni amalga oşirişni nazarda tutadi.
Taşrif dasturiga muvofiq 13-noyabrda delegatsiya a’zolari ROTOBOda mas’ul xodimlari bilan uçraşuv ötkazib, taşrif dasturini va kelgusidagi hamkorlik aloqalarini rivojlantirişni muhokama etdilar.

Şu kuni özida delegatsiya a’zolari Tokio şahrida ötayotgan Yaponiya xalqaro oziq-ovqat körgazmasiga Japan International Food Expo (JFEX) taşrif buyurib, Yaponiyadagi oziq-ovqat sanoatidagi yangi mahsulotlar, işlab çiqariş texnologiyalari va istiqbolli biznes loyihalar bilan tanişdilar. Mazkur körgazma Yaponiyada kiçik va örta biznesdagi işlab çiqaruvçilar tomonidan oziq-ovqat sanoatida yangi mahsulotlar, texnologiyalar va yangiliklarni joriy etiş hamda salohiyatli hamkorlar bilan işbilarmonlik aloqalarini örnatiş borasida muhim xalqaro tadbirlardan sanaladi.
Körgazma faoliyati bilan tanişiş davomida Özbekiston tadbirkorlari sut mahsulotlarini qayta işlaş sohasida Kumamoto Dairy, Haruno Dairy i Toraku Foods, qandolatçilik sohasida Abe Seika, Fujiya Honten i Wakasayahonpo hamda yoğ-moy, konserva va şarbatlar işlab çiqariş sohasida Ribbon Foods, Noda Honey Food Industry i Yamaku Şokuhin kompaniyalari bilan uçraşuvlar ötkazdilar.
Mazkur uçraşuvlarda özbek va yapon tadbirkorlari hamkorlikda oziq-ovqat mahsulotlarini işlab çiqariş imkoniyatlarini muhokama qiliş bilan birga yapon kompaniyalarining oziq-ovqat sanoatida erişgan texnologik yutuqlari va sohadagi yangiliklar bilan yaqindan tanişiş hamda ilğor texnologik işlanmalarni respublikamizda joriy etiş imkoniyatlarini körib çiqdilar.




_6af6eb2a88cfb.webp)