Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida Erasmus+ dasturi şafeligida amalga oşirilayotgan GreenCamUz - “Yaşil kampus taşabbusi: Özbekiston oliy taʼlimiga barqaror rivojlanişni joriy etiş” loyihasining uçinçi öquv dasturi öz işini boşladi.Uşbu treningda Özbekistonning oltita oliy taʼlim muassasasi (Qöqon universiteti, Toşkent xalqaro universiteti, Green University, Alfraganus universiteti, Andijon davlat texnika instituti, Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi) hamda Yevropalik hamkorlar - Polşa, Litva va Turkiya universitetlari ekspertlari iştirok etmoqda.


Trening davomida har bir universitet öz yönalişidagi pilot loyihalarni taqdim etdi. Ular sirasida raqamli boşqaruv va qoğozsiz hujjat aylanişi, energiya tejamkor uskunalar bilan jihozlangan “yaşil” laboratoriyalar, eko-kutubxonalar, kampus daraxtlarining raqamli bazasi, iqlim tadqiqotlari rezidenturasi hamda havo sifatini onlayn monitoring qiliş tizimlari mavjud. Uşbu taşabbuslar energiya va qoğoz sarfini kamaytirib, mamlakatimizdagi boşqa universitetlar uçun namuna bölişi kutilmoqda.


Şuningdek, loyiha doirasida barqaror rivojlaniş, yaşil iqtisodiyot va moliya böyiça 12 ta yangi öquv kursi işlab çiqilmoqda. Ular 2027-yilda talabalar bilan sinovdan ötkaziladi. Oliygohlarda yaşil madaniyatni tarğib qiluvçi “Yaşil kampus elçilari” jamoalari şakllantirilmoqda. Treningning keyingi kunlarida iştirokçilar uçun amaliy maşğulotlar va sanoat korxonasiga tanişuv taşrifi rejalaştirilgan.





