Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Buxoro viloyati hududiy filiali Buxoro şahridagi Turizm texnikumi binosida «Turizm sohasida tadbirkorlik könikmalariga öqitiş» dasturi asosida öquv kursini taşkil etdi. Kursda turizm sohasida tadbirkorlik faoliyatini boşlaş istagida bölgan fuqarolar, jumladan, yoşlar iştirok etdi.

Kursning maqsadi tinglovçilarga turizm sohasida biznesni yölga qöyiş, hududning turistik resurslaridan samarali foydalaniş, içki turizmni rivojlantiriş hamda turistik xizmatlarni taşkil etiş böyiça nazariy bilim va amaliy könikmalar berişdan iborat böldi.

Filial boş mutaxassisi M. Umedova quyidagi mavzularda ma’ruzalar ötkazdi.

  • Biznes asoslari va turizm sohasida tadbirkorlik
  • Özbekiston Respublikasining turizm sohasidagi davlat siyosati va uning ustuvor yönalişlari
  • Turizm resurslarining turlari, salohiyati va ulardan foydalaniş mexanizmlari
  • Turizm turlari tasnifi va qişloq turizmini rivojlantiriş imkoniyatlari
  • İçki turizmni rivojlantirişning strategik yönalişlari va mexanizmlari

Ma’ruzalarda tinglovçilarga turizm sohasida biznesni yölga qöyiş, mahalliy turistik resurslarni iqtisodiy faoliyatga jalb etiş va yangi tadbirkorlik taşabbuslarini amalga oşiriş böyiça ma’lumot berildi.

Kursning amaliy qismi doirasida Buxoro şahridagi «Zargaron» mehmonxonasiga taşrif uy uyuşhtirildi. Tinglovçilar mehmonxonaning kundalik faoliyati, mehmonlarga xizmat körsatiş tartibi, turistik xizmatlarni taşkil etiş va mehmonxona biznesini boşqarişning amaliy jihatlari bilan yaqindan tanişdilar.

Mazkur kurs tinglovçilarning turizm sohasidagi tadbirkorlik bilimlarini mustahkamlaş, yangi biznes ğoyalarini şakllantiriş va hududning turistik imkoniyatlaridan foydalangan holda öz faoliyatini boşlaşiga kömaklaşişga qaratildi.