Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida «Sanoatni töğri joylaştiriş: Özbekiston uçun hududiy ixtisoslaşuv, transport yölaklari va yuqori samarali iqtisodiy zonalar» mavzusida amaliy seminar bölib ötdi. Tadbir Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi hamda Jahon bankining Özbekistondagi vakolatxonasi hamkorligi doirasida taşkil etildi.

Seminarda PAL kompaniyasining boşqaruvçi hamkori Esen Çağlar ma’ruza qildi. U sanoat siyosati, raqobatbardoşlik va hududiy iqtisodiy rivojlaniş sohasidagi ekspertdir. UNDP va OECD bilan hamkorlikda Turkiya, Ummon, Qozoğiston, Falastin, Kipr va Efiopiya hukumatlariga maslahatlar bergan. Ummon Sultonligi Reja tuziş oliy kengaşining katta maslahatçisi bölib işlagan. 2013–2016-yillarda Turkiya iqtisodiy siyosat tadqiqotlari fondi (TEPAV) boşqaruvçi direktorining örinbosari lavozimida faoliyat yuritgan va Turkiya, Bolqon, Yaqin Şarq, Şimoliy Afrika hamda Markaziy Osiyoda yigirmadan ortiq loyihaga rahbarlik qilgan. 2006-yildan buyon Bilkent University’da dars beradi. Harvard Kennedy School (MPA-ID) va Princeton University’ni tamomlagan.

Ma’ruzaçi sanoatni joylaştiriş va rivojlantirişning bir-biri bilan böğliq bir neça darajasini taqdim etdi:

  • hududdagi mavjud resurslarga tayanadigan sanoat xablari;

  • mavjud va istiqbolli logistika yönalişlarini hisobga oladigan transport yölaklari;

  • hudud nima işlab çiqarişi va nimaga ixtisoslaşganiga asoslangan hududiy ixtisoslaşuv;

  • sanoatni rivojlantirişning alohida vositasi sifatida maxsus iqtisodiy zonalar.

Ma’ruzaning asosiy xulosasi şundan iborat: sanoatni alohida, tarqoq çoralar orqali emas, balki kompleks tarzda, barça darajalarda bir vaqtda va yuqori sur’atlarda rivojlantiriş zarur. Ma’ruzaçining fikriça, aynan şunday yondaşuv Özbekiston hududlariga öz sanoat salohiyatidan töliq foydalaniş imkonini beradi.