Tadbir Oliy biznes maktabi direktorining örinbosarlari Bahrom Avazbayeviç Xolbayev hamda Mirkomil Mirаlimoviç Adilovning samimiy tabrik sözlari bilan boşlandi.

Öz nutqlarida ular ustoz va murabbiylarning jamiyat taraqqiyoti, yoş avlodning bilim va salohiyatini yuksaltiriş, malakali hamda raqobatbardoş kadrlarni tayyorlaşdagi beqiyos örnini alohida ta’kidladilar. Şuningdek, mamlakatimizda pedagog xodimlarning mehnatini munosib qadrlaş, ularning kasbiy faoliyati uçun zamonaviy va qulay şart-şaroitlar yaratiş, ustozlarning jamiyatdagi nufuzi va mavqeini yanada oşirişga qaratilayotgan e’tibor haqida söz yuritildi.

Tadbir davomida Oliy biznes maktabi professor-öqituvçilarining ta’lim jarayoniga qöşayotgan hissasi, tinglovçilarga berayotgan çuqur bilim va amaliy könikmalari, şuningdek, professional ta’lim tizimini rivojlantiriş yölidagi fidokorona mehnati yuksak e’tirof etildi.

Bayram tadbirining eng quvonçli va esda qolarli lahzalaridan biri ta’lim sohasidagi samarali mehnat va köp yillik xizmatlarning munosib taqdirlanişi böldi. Professor Rasulova Dilfuza Valievna hamda dotsent Xolbayev Bahrom Avazbayeviçga “Oliy ta’lim a’loçisi” kökrak nişonlari tantanali ravişda topşirildi.

Mazkur e’tirof ularning ta’lim va ilm-fan rivojiga qöşgan munosib hissasi, yuqori kasbiy mahorati hamda yoş mutaxassislarni tayyorlaş yölidagi samarali faoliyatining yorqin ifodasi böldi.

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi jamoasi barça ustoz va murabbiylarni kasb bayrami bilan samimiy muborakbod etib, ularga mustahkam soğlik, oilaviy farovonlik, ilmiy va pedagogik faoliyatida yangi muvaffaqiyatlar hamda şarafli kasblarida ulkan zafarlar tilaydi.