Yangiliklar
Sirdaryoda ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan aholi uchun tadbirkorlik bo‘yicha o‘quv seminarlari o‘tkazildi
31-07-2026 | 22
2026 yil chora-tadbirlar rejasi doirasida Sirdaryo viloyatining shahar va tumanlarida Ijtimoiy himoya reestriga kiritilgan aholi uchun tadbirkorlik ko‘nikmalarini rivojlantirishga qaratilgan o‘quv seminarlari tashkil etildi.
Seminarlar Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Sirdaryo viloyati hududiy filiali hamda Elektron onlayn-auksionlarni tashkil etish markazining Sirdaryo viloyati filiali mutaxassislari ishtirokida o‘tkazildi.
Tadbirlar davomida ishtirokchilarga tadbirkorlik asoslari, moliyaviy savodxonlik, biznes g‘oyalarni shakllantirish, mavjud davlat dasturlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash imkoniyatlari haqida batafsil ma’lumot berildi.
Shuningdek, elektron onlayn-auksionlarda ishtirok etish tartibi, o‘quv va malaka oshirish dasturlari hamda muvaffaqiyatli biznes yuritish uchun zarur zamonaviy bilim va ko‘nikmalar bo‘yicha tushuntirishlar berildi.
Tadbir yakunida ishtirokchilar mutaxassislardan tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish va rivojlantirish bo‘yicha amaliy tavsiyalar hamda o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.