Yangiliklar
Yarimo‘tkazgichlar va mikroelektronika sohasida innovatsion hamkorlik yo‘lga qo‘yilmoqda
28-07-2025 | 152
2025 yil 24 iyul kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi vakillarining O‘zbekiston Fanlar akademiyasi Fizika-texnika institutida bo‘lib, institut masʼul xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Maʼlumot uchun. 1943 yilda tashkil etilgan Fizika-texnika instituti eng dastlabki ilmiy dargohlardan hisoblanib, mamlakatda ilm-fan rivojlanishida tizim yaratuvchi rol o‘ynaydi. Institut ilmiy yo‘nalishlari va bo‘linmalari asosida Yadro fizikasi instituti, Elektronika instituti, “Quyosh fizikasi” ilmiy ishlab chiqarish birlashmasi, Materialshunoslik instituti tashkil etilgan.
Institutda 2 ta akademik, 22 ta fan doktori, 26 ta fan nomzodi, 100 dan ortiq ilmiy xodimlar faoliyat yuritadi, 30 dan ortiq ilmiy-iadqiqot va texnik majmualari, “Geliopoligon” mavjud. Asosiy ilmiy-amaliy faoliyat yarimo‘tkazgichlar fizikasi, qattiq jismlar nazariyasi, yuqori energiya fizikasi, quyosh energiyasidan foydalanish, elektronika, optoelektronika va fotonika bo‘yicha yarimo‘tkazgich asbob-uskunalar yaratish yo‘nalishlarida olib boriladi.