Xalqaro hamkorlik
MA'LUMOT
O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining xalqaro faoliyati to'g'risida
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi zimmasiga yuklatilgan muhim vazifalardan biri bu - xalqaro va xorijiy tashkilotlar bilan ta'lim sohasidagi aloqalarni o'rnatish va ularni mustahkamlash qaratilgan.
Xalqaro hamkorlikni yo'lga qo'yish va rivojlantirishning asosiy ustuvor yo'nalishlariga, iqtisodiyotning barcha sohalariga yetuk va boshqaruv kadrlarini tayyorlash, malakasini oshirish bo'yicha o'quv-uslubiy ishlarni takomillashtirish, biznes va tadbirkorlik, korporativ va loyiha boshqaruvi tizimi rivojlangan xorijiy mamlakatlarda o’z professor-o'qituvchilari va magistrlarning malakasini oshirish bo'yicha qo'shma hamkorlik dasturlarini amalga oshirish, ilmiy tadqiqotlar, konferensiyalar va boshqa shu kabi tadbirlarni uyushtirish kabilar kiradi.
Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi xalqaro va mahalliy tashkilotlar, muassasalar bilan shartnoma va memorandumlar imzolagan va ular bilan xalqaro standartlarga javob berish maqsadida yuqori sifatli ta'lim tizimini ta’minlash uchun faol hamkorlik qilmoqda.
-
Xandong Global Universiteti (Janubiy Koreya) - YUNESKO / UNITWIN dasturi doirasida G-BEX (Koreya) Global Business Expedition Program
Hamkorlik yo'nalishlari:
- Magistratura tinglovchilariga dars berish uchun Koreya universitetlaridan professor-o'qituvchilarni jalb qilish
- Magistratura tinglovchilari uchun xorijiy amaliyotlarni tashkil etish
- Oliy maktab kutubxona fondini boyitish
- Ilmiy konferensiyalar va davra suhbatlarini tashkil etish