MBA Liderlik

Dastur turi: Magistratura (MBA — Master of Business Administration)

Yo‘nalish: Liderlik (Leadership)

Ta’lim tili: O‘zbek va rus tili.

Diplom: Davlat tomonidan tasdiqlangan magistr diplomi

Bu zamonaviy menejment tamoyillariga asoslangan, yetakchilik va strategik boshqaruv ko‘nikmalarini rivojlantirishga yo‘naltirilgan magistrlik dasturidir. Dastur xalqaro tajriba asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, O‘zbekiston va mintaqadagi menejerlar, davlat xizmatchilari, tadbirkorlar va bo‘lajak liderlar uchun mo‘ljallangan.

❔ Dastur kimlar uchun?

✔️ Yetakchilik fazilatlarini rivojlantirmoqchi bo‘lgan barcha soha vakillari 

✔️ Loyihalar va jamoalarni boshqarish bilan shug‘ullanuvchilar

✔️ Davlat boshqaruvi, notijorat tashkilotlar va xo‘jalik subyektlarida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar

✔️ Yirik va o‘rta biznes rahbarlari va boshqaruvchilari

❕ Dastur doirasida quyidagi asosiy yo‘nalishlar bo‘yicha chuqur bilim va amaliy ko‘nikmalar beriladi:

✔️ Strategik menejment va liderlik nazariyalari

✔️ O‘zgarishlarni boshqarish (Change Management)

✔️ Korporativ madaniyat va tashkilot ichidagi kommunikatsiyalar

✔️ Jamoani shakllantirish va boshqarish

✔️ Qarorlar qabul qilishda tahliliy yondashuv

✔️ Innovatsiyalar va raqamli transformatsiya

✔️ Konfliktlarni boshqarish va muzokaralar yuritish

✔️ Etika, barqarorlik va ijtimoiy mas’uliyat

✅ O‘quv dasturi shakli:

🔛 Kunduzgi yoki kechki (muqobil) asosidagi ta’lim

Interaktiv seminarlar, case-study, real biznes loyihalari tahlili

Mahalliy va xorijiy amaliyotchilar va professorlar tomonidan treninglar

🎓 Dastur bitiruvchisi qanday afzalliklarga ega bo‘ladi?

✔️ Yetakchi lavozimlarda ishlash uchun zarur bo‘lgan soft va hard skill'lar

✔️ Har qanday tashkilotda transformatsion o‘zgarishlarni boshqarish qobiliyati

✔️ Xalqaro darajadagi menejerlar bilan teng raqobat qilish imkoniyati

✔️ Professional tarmoq (networking) va mentorlik yordami

✔️ Asosiysi rahbarlik lavozimiga ko‘tarilishda ustunlik

“MBA Liderlik” Zamonaviy rahbarlar uchun mo‘ljallangan — strategik fikrlash va haqiqiy yetakchilik ko‘nikmalarini rivojlantirish yo‘li!

  • Qo‘shimcha ma'lumot

    Mutaxassislik kodi

    Mutaxassislik nomi

    Kvalifikatsiya

    Ta'lim shakli

    O‘qish muddati

    Qabul vaqti

    Kontrakt summasi(so‘m)

    70410901Biznesni boshqarish (MBA - Liderlik)Iqtisodchi, pedagog - tadqiqotchi

    Kunduzgi 

    Kechki

    1,5 yil (Kunduzgi)

    2 yil (Kechki)

     

    Qabul komissiyasi:Iyul-Avgust 

    O‘qish boshlanish vaqti: Sentyabr

    O‘quv dasturining bir yili uchun taxminiy to‘lov narxi 25,0 mln. so‘m

    Nomzodlarga qo‘yiladigan talablar:

    • Oliy ma'lumotga ega bo‘lishi va OTMni tugatgandan so‘ng kamida uch yillik ish tajribasiga ega bo‘lishi;

    • 45 yoshgacha (yosh bo‘yicha cheklov faqat kunduzgi ta’lim shakliga tegishli).

    Imtihon jarayoni:

    • Suhbat (mutaxassislik va umumiy mehnat faoliyati bo‘yicha);

    • DTM testlari (mutaxassislik va ingliz tili bo‘yicha).

    Ingliz tili afzalliklari:

    • CEFR darajasi bo‘yicha B2;

    • IELTS – 5.0 ball;

    • TOEFL – kamida 72 ball.

    Kerakli hujjatlar:

    Magistraturaga kirishni istagan nomzodlar rasmiy veb-sayt orqali maktab direktoriga murojaat qilishadi va quyidagi hujjatlarning nusxasini taqdim etishadi:

    1. Davlat boshqaruvi organlari, xo‘jalik subyektlari, nodavlat notijorat tashkilotlari yoki tadbirkorlik subyektlari rahbarlari tomonidan imzolangan tavsiyanoma;

    2. Oliy ma’lumot to‘g‘risidagi hujjat nusxasi;

    3. 4x6 o‘lchamdagi rangli fotosurat;

    4. Pasport (imtihon vaqtida asl nusxasi taqdim etiladi);

    5. Ingliz tilini bilish darajasini tasdiqlovchi sertifikat (agar mavjud bo‘lsa).

    O‘qishga ariza topshirish:

    Hujjatlar faqat elektron shaklda, Maktabning rasmiy veb-saytiga yuklash orqali qabul qilinadi.