Oliy maktab tarixi
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-dekabrdagi “Yangi O‘zbekiston ma’muriy islohotlarini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-269-son Farmon va 2023-yil 4-apreldagi “Iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishda ilmiy yondashuvlarni kеngaytirish va boshqaruv kadrlarini tayyorlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-108-son qaroriga asosan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi qayta tashkil qilindi.
-
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 26-martdagi “Iqtisodiyotni rivojlantirish va kambag‘allikni qisqartirishga oid davlat siyosatini tubdan yangilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF–5975-son Farmoni va “O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirligi va uning tizim tashkilotlari faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ–4653-son qarori hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yildagi 30-iyuldagi “Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi samarali faoliyatini ta’minlashga doir tashkiliy chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi 460–son qarorlari bilan Biznes va tadbirkorlik oliy maktabi deb qayta tashkil qilindi.
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi Biznes va boshqaruv respublika oliy maktabi deb nomlandi
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, Korporativ boshqaruv ilmiy-ta’lim markazi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Loyiha boshqaruv milliy agentligi qoshiga o’tkazildi
-
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti qaroriga muvofiq, Oliy biznes maktabi Iqtisodiyot vazirligi qoshidagi Korporativ boshqaruv ilmiy va ta’lim markaziga aylantirildi
-
Davlat va jamiyat qurilish akademiyasi qoshida Oliy biznes maktabi tashkil etildi