Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi #GSBE #GraduateSchool #Study #Business #Education

Biznes va tadbirkorlik oliy maktabining Samarqand viloyati hududiy filiali tomonidan “Marketing xizmatlari hamda tovar va xizmatlarni reklamasini tashkil etish” mavzusida qisqa muddatli o‘quv kurslari tashkil etildi.

Ushbu kurslar, yoshlar va xotin-qizlarga o‘z tadbirkorliklarini yo‘lga qo‘yish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarni olish imkoniyatini yaratdi.

O‘quv kursi 60 nafar tinglovchining ishtirokida, motivatsion treninglar bilan boshlandi. Tadbirda ishtirokchilar o‘z biznesini boshlashda qaror qabul qilishga undagan, maqsadga erishishda ishonchni oshirgan o‘quv mashg‘ulotlari bilan tanishdilar. Treninglar davomida tinglovchilarga tadbirkorlikka oid nazariy bilimlar berildi. Ular o‘z biznesini boshlashda yordam beradigan “Tadbirkorlik sari ilk qadam”, “Eng yaxshi biznes g‘oya tanlash”, “Marketing strategiyasi va savdoni oshirish”, “Bozor talabi va taklifi, tovar va xizmatlarni shakllanishi”, “Reklama tushunchasi, mohiyati va vazifalari” va “Biznes reja tuzish” kabi mavzularda taqdimotlar bilan tanishdilar.

O‘quv kursi davomida tinglovchilar “keys stadi” usulida o‘zaro tahlil qilishni o‘rgandilar. Muvaffaqiyatli tadbirkorlar tomonidan tashkil etilgan mahorat darslari va biznes sayohatlar orqali, tinglovchilar amaliy bilimlarni chuqurroq o‘zlashtirish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. Shuningdek, kursni tamomlagan tinglovchilar bilim va ko‘nikmalarini baholash uchun maxsus test tizimi bilan sinovdan o‘tkazildilar.

Tadbirkorlik o‘quv kurslari ishtirokchilariga nafaqat o‘z bizneslarini boshlash, balki bu yo‘lda muvaffaqiyatga erishish uchun zarur bo‘lgan barcha nazariy va amaliy bilimlarni taqdim etdi. Kurslar o‘z biznesini boshlash, unga reklama qilish va marketingni muvaffaqiyatli amalga oshirishga qaratilgan eng muhim qadamlardan bo‘lib, tinglovchilarni o‘z maqsadlariga erishishga ilhomlantirdi.

Xulosa qilib aytganda, ushbu qisqa muddatli o‘quv kurslari ishtirokchilarga o‘z bizneslarini yo‘lga qo‘yish, undan daromad olish va faravon hayot kechirish uchun zarur bilim va ko‘nikmalarni taqdim etdi. O‘quv kurslari orqali tinglovchilar, nafaqat o‘z bizneslariga, balki jamiyatga ham o‘z hissalarini qo‘shish yo‘lida mustahkam poydevor yaratdilar.

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida tadbirkorlikni rivojlantirish bo‘yicha o‘quv kurslari tashkil etildi