“Ijtimoiy mas’uliyatli marketing” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

20-05-2026 | 469

“Ijtimoiy mas’uliyatli marketing” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi

#GSBE #GraduateSchool #Masterclass #SociallyResponsibleMarketing

Joriy yilning 20-may kuni Biznes va tadbirkorlik oliy maktabida “Ijtimoiy mas’uliyatli marketing” mavzusida mahorat darsi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbir professor-o‘qituvchilar, tinglovchilar hamda mehmonlar ishtirokida tashkil etildi. Mahorat darsiga mehmon ma’ruzachi sifatida “ALYANS AUTO” kompaniyasining marketing, savdo va servis bo‘yicha Bosh direktor o‘rinbosari Kadirov Sarvar Sabirovich taklif etildi.

Uchrashuv davomida ishtirokchilarga ijtimoiy mas’uliyatli marketingning zamonaviy yondashuvlari, biznes faoliyatida ijtimoiy mas’uliyatni joriy etish mexanizmlari hamda marketing menejmenti bilan integratsiya qilish masalalari yuzasidan batafsil ma’lumotlar berildi.